Davlat tibbiyot muassasalarida xususiy sektor iştiroki kengaytiriladi
Jamiyat
−
14:48 426 2 daqiqa
Özbekistonda soğliqni saqlaş tizimini rivojlantirişda xususiy sektor iştirokini kengaytiriş, ayrim davlat tibbiyot muassasalariga professional boşqaruvçilarni jalb qiliş hamda tibbiy va yordamçi xizmatlarni autsorsing asosida xarid qiliş tartibi belgilandi. Bu haqda Prezidentning joriy yil 4 noyabrdagi “Soğliqni saqlaş tizimini rivojlantirişda xususiy sektor iştirokini yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida nazarda tutilgan.
Qarorga köra, 2027 yil 1 yanvardan soğliqni saqlaş tizimini taşkil etiş va rivojlantiriş böyiça uzoq va qisqa muddatli master-reja asosida davlat va xususiy sektor iştirokida quyidagi mexanizmlar joriy etiladi:
- xususiy sektor tibbiy xizmatlarga bölgan ehtiyoj hamda davlat va nodavlat tibbiyot taşkilotlarining mavjud quvvatlarini hisobga olgan holda sohaga jalb qilinadi;
- davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordamni körsatiş uçun zarur muassasalar davlat tasarrufida saqlanadi va ularning quvvatlari aholining haqiqiy ehtiyojiga mutanosib ravişda rivojlantiriladi;
- faoliyati samaradorligini oşiriş, ilğor boşqaruv tajribasi va zamonaviy klinik texnologiyalarni joriy etiş zarur bölgan ayrim tibbiyot muassasalariga professional boşqaruvçilar jalb qilinadi.
Şuningdek, 2027 yil 1 yanvardan davlat tibbiyot muassasalarida tibbiy va yordamçi xizmatlarni xususiy sektordan autsorsing asosida xarid qilişning yangi tartibi joriy etiladi.
Bunda autsorsing şartnomalari xizmat xususiyati va kiritiladigan investitsiyalar hajmidan kelib çiqib, beş yilgaça muddatga tuziladi. Alohida hollarda, Soğliqni saqlaş vazirligi xulosasi asosida şartnoma muddati 10 yilgaça uzaytirilişi mumkin.
Yangi tartib joriy etilgunga qadar muddati tugaydigan autsorsing loyihalarini 2027 yil yakuniga qadar davom ettirişga ruxsat beriladi.
Live
Barchasi