2026 yilda shifoxonalarga 900 dan ortiq hujum uyushtirildi – JSST

Olam

image

2026 yilda tibbiyot muassasalari va xodimlariga qilingan 914 ta hujumni qayd etildi. Hujumlar oqibatida kamida 911 kishi halok bo‘lgan va 1 ming 486 kishi jarohatlangan. Bu har kuni to‘rttadan ortiq hujum sodir etilganini anglatadi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) xabar berdi. 

JSSTning Favqulodda vaziyatlar va gumanitar operatsiyalarni boshqarish bo‘yicha direktori Altaf Musanining so‘zlariga ko‘ra, 2018 yildan beri sog‘liqni saqlash ob’ektlariga qilingan 10,4 mingdan ortiq hujum hujjatlashtirilgan. Bunday hujumlar oqibatida 5,7 mingga yaqin kishi halok bo‘lgan, yana 8,5 ming kishi jarohat olgan.

Bu yil tibbiyot tizimiga qilingan hujumlardan eng ko‘p Ukraina, Livan va bosib olingan Falastin hududi jabr ko‘rdi. Sog‘liqni saqlash ob’ektlariga hujumlar, shuningdek, Myanma, Eron, Sudan, Kongo Demokratik Respublikasi, Janubiy Sudan, Rossiya Federatsiyasi, Suriya va Nigeriyada ham qayd etilgan. JSST Yaqin Sharqdagi nizolar davomida, jumladan Livan, Isroil va Eronda sog‘liqni saqlash ob’ektlariga uyushtirilayotgan hujumlarni qayd etishda davom etmoqda.

2026 yilda hujumlarning eng keng tarqalgan turi og‘ir qurollar bilan berilgan zarbalar bo‘lgan. Shifoxonaga hujum qilinganda, oqibatlarini faqat u yerda bo‘lgan odamlargina his qilmaydi. Bu hujumdan keyingi kunlarda bemorlar zarur tibbiy xizmatlarni ololmasligini, tibbiyot xodimlari ishsiz qolishini, hayot uchun muhim dori-darmonlar yetkazib berish esa to‘xtashini anglatadi.

Aybdorlarni javobgarlikka tortish masalasiga to‘xtalar ekan, Musani tashkilotda buning uchun tegishli mandat ham, zarur vakolatlar ham yo‘qligini ta’kidlagan.

“Afsuski, tasdiqlangan 10 mingdan ortiq hujumlarning birortasi ham hanuzgacha aybdorlarni javobgarlikka tortish protsedurasi mavzusiga aylanmadi”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq JSST dunyoda har yili qariyb 300 ming kishi cho‘kib ketishi oqibatida halok bo‘lishi haqida xabar bergan edi. Bu 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar hayoti uchun asosiy o‘nta xavfdan biri hisoblanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing