Putin O‘zbekiston Bosh prokurorini mukofotladi

Jamiyat

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. Putinning shu haqdagi tegishli farmoni e’lon qilindi.

Nig‘matilla Yo‘ldoshev 1962 yil 5 noyabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining yurisprudensiya fakultetini tamomlagan. U faoliyati davomida prokuratura tergovchisi, Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i, Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmatining prokuratura idoralari faoliyati masalalari bo‘yicha yetakchi inspektori, Bosh prokuror o‘rinbosari, Adliya vaziri, Senat Raisi lavozimlarda ishlagan.

2016 yil 2 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafotidan keyin Konstitutsiyaga ko‘ra, Oliy Majlis palatalarining qarori bilan O‘zbekiston Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi. 2016 yil 8 sentyabr kuni esa Prezident vakolatlarini bajarish mas’uliyatini vaqtinchalik bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga topshirishini e’lon qilgan. 2019 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Bosh prokuror etib tayinlangan. 

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, Bosh prokurorning vakolat muddati 5 yilni tashkil qiladi. Nig‘matilla Yo‘ldoshev vakolat muddati 2024 yilda tugagani sababli Bosh prokuror lavozimini ko‘rib chiqish masalasi Senatda muhokama qilinib, u lavozimga qayta tayinlandi. Joriy yil avgustda Yo‘ldashevga 2-darajali davlat adliya maslahatchisi maxsus unvoni berildi

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘tgan yilning 18 noyabr kuni O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovni  “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Joriy yilning 29 may kuni Zokirovga Rossiya Federatsiyasining “Do‘stlik” ordeni topshirildi

2022 yilda esa O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Rossiya Prezidenti Vladimir Putin nomidan “xalqlar o‘rtasidagi hamkorlik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangandi. Ordenni Norboyevaga Rossiya Federatsiyasi Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko 28 oktyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan MDH Parlamentlararo Assambleyasi sessiyasining yalpi majlisida topshirgandi. O‘shanda Norboyeva “Bu ordenga albatta munosib bo‘lamiz” (Mi etot orden obyazatelno otrabotayem), deb va’da bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Nig'matilla Yo'ldoshev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing