Nig‘matilla Yo‘ldoshev og‘ir judolikka uchradi
Jamiyat
−
26 Yanvar 39271 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevning turmush o‘rtog‘i Dildora Yo‘ldosheva vafot etdi. Bu haqda yurist Bahodir Ahmedov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning turmush o‘rtog‘i hamda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi Sardor To‘lqinovning onasi Dildora Yo‘ldoshevaning vafoti munosabati bilan yaqinlariga sabr tilaymiz”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Robaxon Mahmudovaning o‘g‘li Rustam Mahmudov vafot etgandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr