5 yashar qizning zo‘rlanishi bo‘yicha tergovni Bosh prokuror shaxsan nazoratga oldi

3-sahifa

−

image

Avvalroq, Namangan viloyatidagi bog‘chada ombor mudiri 5 yoshli tarbiyalanuvchini zo‘rlagani va qamoqqa olingani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat bo‘yicha tergovni Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev shaxsan nazoratga olgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2026 yil sentyabr oyida Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani IIB TB tomonidan tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida voyaga yetmagan shaxs zo‘rlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 118-(Nomusga tegish) va 112-moddasi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Bildirilishicha, hozirda jinoyat ishi Namangan viloyati prokuraturasining ish yurituviga o‘tkazilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov ustidan esa nazoratni shaxsan Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev tomonidan o‘rnatilgan.

“Prokuratura tomonidan jinoyat ishi har tomonlama, to‘liq va xolisona tergov qilinishi hamda voyaga yetmagan jabrlanuvchining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi bayonotda.

Bosh prokuraturaning qayd etishicha, jinoyatga aloqadorligi, uning holatlarini yashirish yoki mas’ul shaxslarning harakatsizligi bilan bog‘liq har bir aniqlangan holatga qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho beriladi.

Tergov natijalari haqida esa qonunchilikda belgilangan tartibda ma’lum qilinishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatidagi bog‘chada ombor mudiri 5 yashar tarbiyalanuvchini zo‘rlagani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan joriy yilning 12 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi va 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan K.M. protsessual tartibda ushlangan va unga nisbatan sud tomonidan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Bundan tashqari, yshbu voqea ortidan O‘zbekistondagi bog‘chalarda xodimlarni tekshirish boshlangandi hamda yuz bergan ko‘ngilsiz holatni atroflicha o‘rganish, mas’ullarning xizmat vazifasiga loyiqligini ko‘rib chiqish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Ishchi guruh tuzilgangandi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taqdimnoma kiritgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing