Hudud almashgan O‘zbekiston, o‘lim jazosi bo‘yicha taklif, 4 farzandning o‘limi sababi va boshqa xabarlar

Jamiyat

13 sentyabr sanasi ham oxirlab qolyapti. Quyida bugun O‘zbekiston va xalqaro maydonda yuz bergan eng muhim voqealarga to‘xtalib o‘tamiz.

Davlat pensiyalarini tayinlash tartibi o‘zgaradi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish ko‘zda tutiladi.

Toshkentda yer usti metrosi harakatlandi (video)

Poytaxt Toshkentda barpo etilayotgan yer usti metrosi sinovdan o‘tkazildi. Ijtimoiy tarmoqlarda sinov jarayonidan olingan videolar tarqaldi.

Videoda yer usti bo‘ylab harakatlanayotgan metro vagonida odamlar borligini ko‘rish mumkin. Jumladan, tasvirda sinov jarayonida texnik guruh vakillaridan tashqari, mahalliy aholi vakillari ham ishtirok etgani ko‘rinadi.

“O‘zbekiston” mehmonxonasi nega sotilmayapti?

Avvalroq, Toshkentdagi sotuvga qo‘yilgan “O‘zbekiston” mehmonxona majmuasining narxi tushirilgani haqida xabar bergan edik. Bu mehonxonaning ikkinchi marta arzonlashishi edi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “O‘zbekiston” mehmonxonasi sotilishi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

Bishkekda miting bo‘lishi kutilmoqda

Qirg‘iziston Respublikasining sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevning tarafdorlari uning tug‘ilgan kuniga miting uyushtirishmoqda. 

Bu haqda Facebook`dagi sahifasida Qirg‘iziston sotsial-demokratlar partiyasi raisi o‘rinbosari Kunduz Joldubayeva ma’lum qilgan.

Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi

Baxtiyor Abduvaxitovich Shamuratov Sergeli tumanining yangi hokimi etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Bugunga qadar Baxtiyor Abduvaxitovich Shamuratov Yakkasaroy tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan. Unga qadar davlat soliq qo‘mitasi, Toshkent shahar va Sergeli tuman hokimliklarida, Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamentida rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan. 

Yakkasaroy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Anvar Sayfutdinov Yakkasaroy tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Sayfutdinov Anvar Nazarovich Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati. 2004 yildan hozirgi vaqtgacha, “Navro’z-FT” MCHJ, “Sanico Trading” xususiy korxonasi, “Shinkonrakttorg” sho‘’ba korxonasi va “Sanico Group” MCHJda rahbarlik lavozimida ishlab kelgan. 

YPX xodimi xizmat mashinasida piyodani bosib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergani, natijada piyoda vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilib, holat bo‘yicha rasmiy axborot berdi.

O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegaraoldi hududlarini almashdi

Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining O‘sh viloyati ma’muriyatidagi vakolatxonasi O‘zbekiston bilan yer maydonlari almashilganini tasdiqladi. O‘zbekiston tomoniga O‘sh viloyati Aravon tumanining To‘yamo‘yin okrugidagi, Karkidon suv ombori yonidagi yer maydoni berilgan.

Habibga boshqa raqib topildi

Yengil vazn toifasida UFC kamari sohibi Habib Nurmuhamedovning keyingi raqibi Toni Fergyuson emas, balki Sen-Per bo‘ladi. Bu haqida Habibning menejeri Ali Abdelaziz ma’lum qildi.

Prezident kuyoviga tegishli ekani aytilgan kompaniya tugatilyapti

Tojikistonning eng yirik kompaniyalaridan biri, mamlakat Prezidenti Imomali Rahmonning kuyovi Shamsullo Soxibovga tegishli “Faroz” YoAJ Tojikiston Respublikasi Soliq qo‘mitasiga ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida e’lon qildi.

Senator o‘lim jazosini qo‘llash taklifini berdi

Xalq demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zosi Sattor Rahmatov mamlakatning Konstitutsiyaning 39-moddasi umuman ishlamayotganini aytib chiqdi. Uning qayd etishicha, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida “pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas”ligi qayd etilgan. Biroq ushbu Konstitutsiyaviy norma amalda ishlamaydi. Sabab nima?

Bir oilaning 4 farzandi sut va dori aralashmasidan vafot etdimi?

Bir necha kundirki, ijtimoiy tarmoqlarda, xususan Telegram’da O‘zbekistonda bir oilaning to‘rt farzandi doridan zaharlangani bilan bog‘liq xabarlar tarqalmoqda. 

Unda qayd etilishicha, ona bolalariga yo‘talga qarshi bo‘lgan siropni bergan. Bolalar uni ichishdan bosh tortgach, ona dorini bolalariga sutga aralashtirib ichirgan. Bolalar shundan keyin uyg‘onishmagan, yotoqlaridan jonsiz holatda topilgan. Shifokorlar tekshiruvidan so‘ng o‘lim sabab sut va dorining aralashmasi zaharga aylanganini aniqlagan. 

Tuyqusdan Senatning navbatdagi yalpi majlisi o‘tkazilyapti

Ertaga, 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshlaydi. Senat yalpi majlisi soat 15:00 da ochilishini e’lon qilgan. 

Senatning navbatdagi yalpi majlisida qaysi masalalar ko‘rib chiqilishi aytilmayapti. Uning o‘tkazilishi ham bir kun avval OAVga ma’lum qilindi. 

Devorni to‘ldirgan 440 poshnali tufli – bu qurbon bo‘lgan 440 ayol qismati

Turkiyalik grafik dizayner ustasi Vahit Tuna ayollar bilan bog‘liq jinoyatlarga jamiyatning e’tiborini qaratish maqsadida yangi usuldan foydalandi. U Istanbulning Kabatash hududidagi san’at maydonchasi sifatida qo‘llanib kelingan qahvaxona devoriga 440 juft ayollar poyabzalini joylashtirib chiqdi. Devorga ilingan 440ta poshnali tufli 2018 yilda jinoyatlar qurboni bo‘lgan 440 nafar ayol ramziy belgisidir. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing