DIQ rahbariyatiga kelgan DXXchilar, taqiqqa uchragan masjid, Toshkent sirkidagi fojia va boshqa xabarlar

Jamiyat

Yakuniga yetayotgan 3 avgust kunining eng muhim voqealari bilan quyida tanishing.

Maktablar reytingini tuzishda qallobliklarga yo‘l qo‘yilgan

Avvalroq, ilk bor O‘zbekistondagi umumta’lim maktablari reytingi e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida maktablar reytingini aniqlash jarayonida uchragan soxtalashtirish holatlari haqida ma’lumot berildi.

Bosh vazir vazirlar va hokimlarni ogohlantirdi

Qozog‘iston Bosh vaziri Prezidentning murojaatini amalga oshirishda har bir rahbarning shaxsiy javobgarligi haqida gapirdi. Bosh vazir barcha davlat organlariga 5 sentyabrga qadar davlat rahbarining topshiriqlarini bajarish bo‘yicha milliy reja bo‘yicha o‘z takliflarini Milliy iqtisodiyot vazirligiga yuborishni topshirdi. Shundan so‘ng, vazirlik tegishli qaror loyihasini hukumatga taqdim etadi.

Sobiq DXX xodimi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga rais bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga yangi rahbar tayinlandi. Bu lavozimga Abdug‘ofur Ahmedov tayinlandi.

Abdug‘ofur Ahmedov bungacha Davlat xavfsizlik xizmati tizimida ishlagan.

Tojik-qirg‘iz chegarasida qurolli mojaro yuz berdi

Kecha, 2 sentyabr kuni qirg‘iz-tojik davlat chegarasida yuz bergan mojaro vaqtida Tojikiston chegarachilari havoga ogohlantiruvchi o‘q uzdi. Qirg‘izistonning Botken viloyati Botken tumani Oqsoy qishlog‘i yaqinida Oqsoy daryoning qirg‘iz hududi hisoblanuvchi qismidan avtomobillarga shag‘al ortayotgan bo‘lgan.

Sobiq Prezident qurdirgan masjidga taqiq qo‘yildi

Qirg‘izistonning Bishkek shahri Birinchi may tuman sudi Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev qurdirgan masjidga taqiq qo‘ydi. Nazorat organida aniqlik kiritishlaricha, harbiy prokuratura jinoyat ishini o‘rganish davomida “7 aprel qahramonlari”masjidini Atamboyev qurdirganini aniqlagan. Masjid joylashgan maydon “Forum” ilmiy-ishlab chiqarish firmasi nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Kompaniya esa Atamboyevga tegishli.

Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mita raisiga o‘rinbosar tayinlandi. U ham DXXda ishlagan

Dilshod Muxitdinovich Eshnayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari – Diniy ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi direktori etib tayinlandi.

Dilshod Eshnayev avval Davlat xavfsizlik xizmatida faoliyat yuritgan.

Samarqandda ISUZU MAN bilan to‘qnashib ag‘darildi. Qurbon va jabrlanganlar bor

Bugun, 3 sentyabr kuni taxminan soat 07:00 da Samarkand viloyat Jomboy tuman Beshbola qishlog‘i xududida ISUZU rusumli avtobus bilan MAN rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘nashdi. Ma’lumotlarga qaraganda, avtobusda 31 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning 22 nafari turli darajadagi tan jarohati olgan. 1 nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Jami 8 ta tez tibbiy yordam brigadasi ko‘magida  jarohatlanganlarning barchasi tezkor ravishda Jomboy  tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan.

Neftni qayta ishlash zavodidagi yong‘inda 7 kishi halok bo‘ldi (video)

Bugun, 3 sentyabr kuni Hindistonda neftni qayta ishlash zavodidagi yong‘in natijasida hozirgacha 7 kishi halok bo‘ldi. Mamlakat g‘arbidagi Maxarashtra shtatida ONGC kompaniyasiga tegishli zavod yongan. Halok bo‘lganlarning 5 nafari zavod ishchisi, 2 nafari qutqaruvchilar. Yana ikki kishi jabrlangan.

Un yo‘qligi sabab non narxi ko‘tarildi

Turkmanistonning Lebap viloyati ma’muriy markazi - Turkmanobod shahrida 1 sentyabr kuni mahalliy ishlab chiqarilgan un sotuvdan g‘oyib bo‘ldi. Unning sotuvdan olinishining  asosiy sabablari hanuzgacha noma’lum, ammo bu non narxining ikki baravar ko‘tarilishiga olib keldi: masalan, ilgari bozorda va xususiy do‘konlarda eng arzon pirojniylarning narxi 2-3 manat bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning narxi 4-5 manat.

Hisordagi restoranda portlash bo‘ldi

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan Hisor shahridagi “Shomi qal’a” restoranida ikkita kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bunga restoranning oshxonasidagi gaz ballonlar sabab bo‘lgan. Portlash oqibatida restoran egasi Zoir Olimov, uning o‘g‘li, qizi va yana besh nafar xodim jarohatlangan.

QALAMPIR.UZ`da yoritilgan muammo kun o‘tmay yechimini topdi

Kecha, 2 sentyabr kuni QALAMPIR.UZ`da Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi “Moyariq” mahallasida suv quvuri yorilib, asfaltni o‘pirib yuborgani va natijada “hovuz” yuzaga kelgani haqida “Suvsoz” Olmazordagi “hovuz”ni qachon berkitadi? Kanalizatsiyaga oqqan suvning qadri yo‘qmi?” nomli maqola e’lon qilingandi.

Mazkur maqola e’lon qilingach, kechaning o‘zida soat 22:00 da tuman hokimligi, prokuratura xodimlari va “Suvsoz” DUK Olmazor tumani suv tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish bo‘limi rahbari Luqmon Hakimov voqea joyiga – “Moyariq” mahallasiga borgan.

Toshkent sirkida gimnastikachi qiz balandlikdan tushib ketdi

Shu yilning 1 sentyabr kuni Toshkent sirkida bo‘lib o‘tgan tomosha vaqtida Irina Valter arenadan, balandlikda (havoda) “Juftlik polotno” nomerini amalga oshirayotgan so‘ngi daqiqada yiqilib tushdi. 1983 yilda tug‘ilgan Irina Valter sirkda 15 yildan ortiq ishlagan ko‘p qirrali artistdir. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing