Shifokor bolani qanday qutqarganini aytdi (video)

Intervyu

Avvalroq, Toshkentdagi klinikada otorinolaringolog klinik holatda kelgan 2 yashar bolani qutqarib qolgani haqida xabar bergan edim. Voqea tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

QALAMPIR.UZ muxbiri bolakayni qutqarib qolgan otorinolaringolog Sergey Tobias bilan suhbatlashdi. U bizga bo‘lgan voqeani so‘zlab berdi.

– Yugurib kirishdi. Bola hushsiz holda nafas olmayotgandi, tomir urishi ham yo‘q edi. Ko‘karib ketgandi. Ota-onasining aytishicha, tana haroratining oshishi natijasida bolada titroq boshlangan va shundan so‘ng, hushini yo‘qotgan. Voqea nimadan boshlangani, qanday bo‘lganini so‘rashga imkon bo‘lmadi, birinchi yordam ko‘rsatish kerak edi. Men bolaga sun’iy nafas berib, yuragini massaj qilganimdan keyin bola hushiga keldi, sung uni onasiga berdim. Keyinroq tez yordam ham yetib keldi.

Otoloringolog bilan suhbatdan keyin bolakay olib ketilgan 3-son bolalar klinik shifoxonasiga bordik. U yerda bosh shifokor muovini Dilobar Alimuhamedova bilan suhbatlashdik. Alimuhamedova bolaning shifoxonaga olib kelingandagi ahvoli haqida ma’lumot berdi.

“Nurillayev Umar shifoxonamizga talvasa hurujidan keyin tez yordam xodimlari tomonidan olib kelindi. Bemor hushida edi. Shifokor tomonidan ko‘rilib, ahvoli o‘rta og‘irlikda baholandi. Davolash bo‘yicha kerakli tavsiyalar berilib, shifoxonaga yotqizildi. Hozirda bolaning ahvoli barqaror. Muolajalar yakunlangach, tana harorati tushib, kasallik alomatlari yo‘qolgach, uyiga javob beriladi. Bola 5-6 kun shifoxonada davolanadi”, dedi Dilobar Alimuhamedova.

Alimuhamedovaning so‘zlariga ko‘ra, bolaga talvasa hurujidan keyingi holat tashxisi qo‘yilgan.

So‘ng, bolaning onasi Sadoqat Qarshiyeva bilan suhbatlashdik. Biroq u ko‘p ham gapirishni istamadi.

– Men shifokorlardan ming bor roziman. Bolamni tilini bosib, olib kirdim. Bu voqea 2 daqiqa ichida bo‘ldi. Harorati baland bo‘lganligi uchun shu voqea yuz berdi. 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bunday holat kuzatiladi, aslida. Lekin bolam ko‘tarolmadi. Havo issiqligi uni issig‘i balandligi sababli ham qiyin bo‘ldi. Ko‘chada bo‘lganimiz uchun yon atrofda ko‘ringan joyga olib kirishga majbur bo‘ldim.  Bola ko‘karmagandi. Sergey isimli shifokor yigit 2 daqiqada bolamni o‘ziga keltirib berdi. Shu ikki daqiqada qay axvolda qolganim o‘zimga ma’lum. Allohga shukur bolam sog‘ va shifokorlar nazoratida.

Qarshiyeva Sadoqatning aytishicha, u bolasi va o‘zini butun O‘zbekiston ko‘rishini istamagan. U shifoxonadan chiqib, albatta shifokorga minnadorlik bildirish uchun borishi aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent klinik shlim

Baholaganlar

266

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing