Eron flotini yangi harbiy kema bilan boyitdi (video)

Olam

image
AQSH aviatashuvchilarining hujumchi guruhi Fors ko‘rfazi suvlariga kirdi north_east

AQSH aviatashuvchilarining hujumchi guruhi Fors ko‘rfazi suvlariga kirdi

Bugun, 27 noyabr kuni Eronning eng yangi esminetsi Daylaman mamlakatning Kaspiy floti tarkibiga kirdi. Bu haqda “Tasnim” axborot agentligi xabar berdi. 

Eron shimolidagi Bandar Anzaliy port shahrida bo‘lib o‘tgan marosimda korpusining identifikatsiya raqami 78 bo‘lgan harbiy kema rasman ishga tushirilgan. Unda Eron Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Muhammad Husayn Bakeri, armiya qo‘mondoni general-mayor Abdulrahim Musaviy va dengiz floti qo‘mondoni kontr-admiral Shahram Eroniy ishtirok etgan. 

“1500 tonnalik Daylaman Eron Mudofaa vazirligi tomonidan dengiz floti homiyligida loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilgan. Yangi kema zamonaviy asbob-uskunalar va qurol-yarog‘lar bilan jihozlangan bo‘lib, nafaqat jangovar harakatlar va mashqlar, balki qutqaruv va gumanitar operatsiyalarda ham foydalanish mumkin”, deyiladi xabarda.

Tadbirda so‘zga chiqqan Eron Harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni yangi esminet Kaspiy dengizidagi flot va xavfsizlikni mustahkamlashini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Homanaiy Islom inqilobi posbonlari korpusi Aerokosmik kuchlarining yutuqlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurgandi. Unga mamlakatda ishlab chiqarilgan yangi “Fattoh 2” gipertovushli raketasi namoyish etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron kema Daylaman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing