Peskov Ukrainaga raketaga qarshi qurol berish nimaga olib kelishini aytdi

Olam

image

Ukrainaga Amerikaning havo hujumidan mudofaa tizimlarining yetkazib berilishi mojaroni yanada uzoq davom etadigan va Ukraina uchun og‘riqli qiladi, ammo Rossiyaning maqsadlarini o‘zgartirmaydi. Bu haqda RF Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Kecha siz bilan birgalikda bunday maqsad haqida havo hujumidan mudofaa tizimlariga oid rasmiy bayonotlardan bilib oldik. Yana bir bor takror aytaman, bu Ukraina tomoni uchun mojaroni uzoqroq va og‘riqli qiladi, ammo bu bizning maqsadimizni va yakuniy natijani o‘zgartirmaydi”, deydi Peskov.

Matbuot kotibi, shuningdek, Rossiya va Ukrainani muzokaralar stoliga o‘tkazish uchun hamma narsa qilinishi kerak, degan AQSH shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasining sobiq raisi Maykl Myullenning so‘zlariga ham izoh berdi.

“Hozirgi ma’muriyat, AQSHning amaldagi harbiy rahbarlari sobiq hamkasblarining fikriga qanchalik quloq tutishini bilmaymiz. Bu bizga qorong‘u. Hozircha biz amaldagi ma’muriyat, amaldagi harbiylarning qurol-yarog‘ yetkazib berishni davom ettirish va aslida bu mojaroni yanada cho‘zish niyati haqida rasmiy bayonotlarini eshityapmiz”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 10 oktyabr kuni Kiyev, Dnepr va Ukrainaning boshqa bir qator shaharlarini kuchli raketa zarbalariga duchor qildi. Ukraina butun mamlakat bo‘ylab havo ogohlantirishini e’lon qildi. Kiyevda, shuningdek, Ukrainaning boshqa hududlarida, jumladan Dnepr viloyati, Odessa va Xarkovda ertalab bir qator portlashlar sodir bo‘ldi. 

Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Rostislav Smirnovning aytishicha, kamida 14 kishi halok bo‘lgan, 60 ga yaqin kishi jarohatlangan. Portlash oqibatida oltita avtomobil vayron bo‘lgan, yana 15 tasi zarar ko‘rgan. Mahalliy Telegram kanallari xabariga ko‘ra, portlashlar Ukraina xavfsizlik xizmati ma’muriyati binosi hududida, shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Volodimirska ko‘chasidagi kabinetlaridan birida sodir bo‘lgan. Kiyev metrosida qizil chiziqda poyezdlar harakati to‘xtatildi, barcha yerosti stansiyalari boshpana sifatida ishlaydi. 

Hujum ortidan AQSH Jo Bayden Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berilishiga va’da berdi. Shuningdek, Germaniya Ukrainaga bir necha kun ichida avval va’da qilingan to‘rtta zamonaviy o‘rta masofaga mo‘ljallangan IRIS-T SLM Infra Red Imaging System Tail havo mudofaa tizimidan birinchisini yetkazib beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

273

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing