14 dekabr. O‘zbekiston va xalqaro maydonda nimalar bo‘ldi?
Tahlil
−
14 dekabr 2021 8155 6 daqiqa
Jamiyat
Qoraqalpog‘istonda brakonerlar Qizil kitobga kirgan 14 bosh jayronni o‘ldirdi
Joriy yilning 12 dekabr kuni Qoraqalpog‘istonda brakonerlar Qizil kitobga kiritilgan 10 dan ortiq jonivorni otib o‘ldirgani aniqlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasining Matbuot xizmati xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasining Nukus shahar, Taxiatosh, Taxtako‘pir tumani inspektorlari hamkorlikda Taxtako‘pir tumanida tezkor reyd tadbirlari amalga oshirilgan. Tadbir davomida taxminan soat 14:00 larda Taxtako‘pir tumani “Qo‘ng‘irotko‘l” OFY cho‘l zonasining “Tasbergen” kran atrofida inspektorlar tomonidan noma’lum shaxslar “Uaz 469” rusumli rangi kulrang (belaya noch) avtomashina bilan turgani aniqlangan. Noma’lum shaxslar inspektorlarning yaqinlashayotganligini ko‘rib qolib, voqea joyidan yashiringan. Inspektorlar noma’lum shaxslarning 5 km masofagacha izidan borgan. No’malum shaxslar davlat inspektorlaridan qochib ketishga ulgurgan.
Bosh prokuratura Matbuot xizmati mazkur hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Unga ko‘ra brakonerlik bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.
Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘istonda brakonerlar 14 bosh jayron va 5 dona yovvoyi quyonlarni ovlagani yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishda O‘zbekiston Respublikasi hayvonot dunyosiga 190 mln. 350 ming so‘mlik juda ko‘p miqdordagi moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.
Prezident farmonini bajarmagan Qonunchilik palatasi mas’ullari ogohlantirildi
Kecha, 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Kengashida quyi palata yalpi majlislarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilishini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, efirga uzatishni tashkil qilish uchun mas’ullar jamoatchilik e’tirozidan to‘g‘ri xulosa chiqarishi bo‘yicha ogohlantirilgan.
“Haftaning seshanba va chorshanba kunlari, mas’ul qo‘mitalar tomonidan qonunlarni yalpi majlisga olib chiqishga tayyor ekanliklaridan kelib chiqib Qonunchilik palatasining yalpi majlisi o‘tkazilishiga qaror qilindi.
Bugun soat 11:00 dan boshlab, navbatdagi yalpi majlis "O‘zbekiston" telekanali orqali efirga uzatiladi. Kun tartibiga byudjet, soliq ma’murchiligi va tashqi mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq muhim qonun loyihalarining muhokamalari kiritilgan”, deydi Qodirov.
O‘zbekistonda AES ob’ektlarida ishlovchilarga qanday talablar qo‘yilishi e’lon qilindi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “AES ob’ektlaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan xodimlarga qo‘yiladigan malaka talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi idoralararo qaror loyihasi joylashtirildi.Qaror xalqaro atom energiyasi agentligining tavsiyalarini hisobga olgan holda, AES ob’ektlaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan xodimlarga malaka talablarini belgilash orqali AES ob’ektlarini ekspluatatsiya qilishda ishtirok etuvchi xodimlarning kadrlar salohiyatini oshirish va AES ekspluatatsiyasi xavfsizligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Toshkentda avtobus yonib ketdi
Bugun, 14 dekabr kuni Toshkentda Mercedes Benz rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobus yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Yong‘in soat 15:21 da Sergeli tumani “Do‘stlik-1” dahasida 47-yo‘nalish bo‘yicha harakatlanayotgan Mercedes Benz rusumli avtobusda yuz bergan.

Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga tegishli xabar tushgach, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:25 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:34 da o‘chirilgan.
Olam
2021 yilda qancha o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlashga ketgani ma’lum bo‘ldi
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Rossiyada ishlash uchun eng ko‘p O‘zbekiston fuqarolari borgan – 3 054 180 kishi. Bu haqda RT xabar berdi.
Ikkinchi o‘rinda - Tojikiston (1 597 481 kishi), Qirg‘iziston (623 465 kishi), Armaniston (298 801 kishi) va Ozarbayjon (185 752 kishi), shuningdek turizm maqsadida kelganlar orasida eng ko‘p Belarus yetakchi - 30 526 kishi. Germaniyadan ushbu maqsadda - 16 369 kishi, Ukrainadan - 15 293 kishi va BAAdan 12 414 kishi hamda Qozog‘istondan 11 192 kishi Rossiyaga kirib kelgan.
NATO Ukrainani “o‘zlashtiryapti” – Putin
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson kecha, 13 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatlashdi. Bu haqda Bosh vazir idorasi xabar bergan.
“Bosh vazir bugun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatlashdi. U Buyuk Britaniyaning Ukraina bilan chegarada rus qo‘shinlari to‘planishidan chuqur xavotirda ekanligini bildirdi”, deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanishicha, Bosh vazir Buyuk Britaniyaning Ukraina hududiy yaxlitligi va suverenitetiga sodiqligini ta’kidlagan va har qanday beqarorlashtiruvchi harakatlar jiddiy oqibatlarga olib keladigan strategik xato bo‘lishidan ogohlantirgan.
O‘zbekistondagi vaksinalardan qay biri “Omicron”ga qarshi tura olishi ma’lum bo‘ldi
Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi o‘zining ZF-UZ-VAC2001 koronavirusga qarshi vaksinasi bo‘yicha kichik tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Ularga ko‘ra, bu preparat koronavirusning “omicron” variantiga qarshi antitanachalar ishlab chiqarilishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda “Reuters” yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, kompaniya vaksina “omicron” shtammiga qarshi qanday ishlashi haqida ma’lumotni e’lon qilgan birinchi Xitoy vaksina ishlab chiqaruvchisi bo‘ldi, bu esa yangi o‘sish bo‘yicha global xavotirga sabab bo‘lmoqda.
Pandemiyadan so‘ng insoniyat “murakkabroq muammolar”ga duch keladi – JSST
Koronavirus pandemiyasi tugaganidan keyin insoniyat avvalgidan ko‘ra jiddiyroq muammolarga duch keladi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyesus Jenevada bo‘lib o‘tgan salomatlikni mustahkamlash bo‘yicha 10-global konferensiyada so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
“Pandemiya tugagach, bizda avvalgidan ham jiddiyroq muammolar qoladi: qashshoqlik, ochlik, tengsizlik, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, iqlim o‘zgarishi va boshqalar”, degan u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya insoniyatga “agar sog‘liq xavf ostida bo‘lsa, demak, hamma narsa xavf ostida” ekanligini ko‘rsatdi. Shu munosabat bilan, sog‘liqning qadr-qimmatini idrok etishda “asosli o‘zgarishlar” zarur, degan JSST rahbari.
Ilon Maskning qiyofadoshi topildi
Xitoylik yigit ijtimoiy tarmoqlarda SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Maskka o‘xshash bo‘lgani uchun mashhur bo‘lib ketdi. Bu haqda “World of Buzz” nashri xabar berdi.

Video Facebook tarmog‘ida e’lon qilinganidan so‘ng 720 ta reaksiya, 237 ta sharh va 1.6 ming marta ulashishlar bilan juda katta auditoriya e’tiboriga tushgan. Tasvirda Maskning xitoylik qiyofadoshi dastlab bir necha so‘z aytib, so‘ng elektromobilga o‘tirganini ko‘rish mumkin. Xitoylikning tashqi ko‘rinishi Mask bilan bir xil bo‘lishidan tashqari, u hatto yuz ifodalari bilan ham milliarderga taqlid qiladi.
Sport
“Barselona” rahbariyati Xolandning agenti bilan uchrashdi
Kecha, 13 dekabr kuni “Barselona” prezidenti Joan Laporta va klub direktori Mateu Alemani taniqli futbol agenti Mino Rayola bilan uchrashdi. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.
“Ko‘k-anorranglilar” rahbariyati Pedriga “Golden boy” mukofoti topshirilishi munosabati bilan Turinga (Italiya) uchib borgan va agent bilan suhbatlashishgan.
Suhbat chog‘ida “Borussiya Dortmund” klubi hujumchisi Erling Xolandning ehtimoliy transferi ham muhokama qilingan. Qayd etilishicha, Laporta Rayoladan tekshiruvlarni kamaytirishni so‘ragan va futbolchi Xavi boshchiligidagi jamoaning muhim figurasiga aylanishini aytgan.
La liga 5 milliard yevroga boyidi
Ispaniya La ligasi “Movistar” va DAZN telekanallari bilan yangi shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, hamkorlik besh yil davom etadi.
Ushbu telekanallar Ispaniya chempionati o‘yinlarini namoish etish uchun 4 milliard 950 million yevro miqdoridagi summani to‘laydi. Ikki telekompaniya har bir turda ko‘pi bilan beshtadan o‘yin namoyish qilish huquqiga ega.
Boks. O‘zbekiston chempionatida dastlabki g‘oliblar aniqlandi
Bugun, 14 dekabr kuni boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining final janglart o‘tkazildi.

Kuning ilk final bahsi 48 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro vakili Jalilov Asilbek farg‘onalik Shodiyor Meliqo‘ziyevga qarshi ringga ko‘tariladi.
Shiddatli kechgan final jangida Jalilov raqibini mag‘lub etdi va O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi.
Live
Barchasi