Isroilning muxolif partiyalari Netanyaxuni ketkazish uchun ittifoq tuzdi

Olam

image
Yo hayot, yo mamot: Netanyaxu “Mossad” rahbariga Eron bo‘yicha topshiriq berdi north_east

Yo hayot, yo mamot: Netanyaxu “Mossad” rahbariga Eron bo‘yicha topshiriq berdi

Isroilning muxolif partiyalari 12 yildan beri Hukumatni boshqarib kelayotgan Binyamin Netanyaxuning faoliyatini tugatadigan yangi Vazirlar Mahkamasini shakllantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Isroil ommaviy axborot vositalarida aksariyat odamlar imkonsiz deb o‘ylagan bitim imzolanayotgani aks etgan xabar va lavhalar namoyish etildi. Markazchi “Yesh Atid” partiyasining etakchisi Yair Lapid sakkiz fraksiya koalitsiyasi tuzilganligini e’lon qildi.

Rotatsiya tartibiga ko‘ra, “Yamina” o‘nglar partiyasining rahbari Naftali Bennet dastlab Bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlanadi, keyin esa lavozimni Lapidga topshiradi. Ular Binyamin Netanyaxuni egallab turgan lavozimidan chetlatish maqsadida birlashgan.

Ayni shu maqsadda Lapid Prezidentga yozgan murojaatida hukumatni Naftali Bennett bilan birga boshqarishini, u 2023 yil 27 avgustda Bosh vazir o‘rnini egallashi haqida aytgan.

Ma’lumot o‘rnida, Binyamin Netanyaxuning o‘ng qanot “Likud” partiyasi mart oyidagi natijasiz so‘rovnomada eng ko‘p o‘rinni qo‘lga kiritdi. Unga hukumat tuzish ishonib topshirildi, biroq u mustahkam koalitsiya shakllantira olmadi.

Binyamin Netanyaxu taklif qilingan yangi hukumatni "asr firibgarligi" deb atadi. Bu Isroil davlati va xalqiga xavf tug‘dirishini va yangi Bosh vazirga ega yangi hukumat qasamyod qabul qilguniga qadar, uni to‘xtatish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishini ta’kidladi.

Kamola Amirova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing