Yo hayot, yo mamot: Netanyaxu “Mossad” rahbariga Eron bo‘yicha topshiriq berdi

Olam

image
Yadrochi olim Faxrizoda ortidan nega 40 kun aza tutilyapti? north_east

Yadrochi olim Faxrizoda ortidan nega 40 kun aza tutilyapti?

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bugun, 1 iyun kuni mamlakat tashqi razvedkasi — “Mossad”ning yangi direktori Davidu Barneaga muhim topshiriq berdi: “Eron yadro quroliga ega chiqishiga nima qilib bo‘lsa ham yo‘l qo‘ymaslik”. Bu haqda Netanyaxu razvedka xizmati boshlig‘ining qasamyod qilish marosimida ma’lum qildi.

“Agar biz tanlashimiz kerak bo‘lsa, endi umid qilamanki, bu sodir bo‘lmaydi. Lekin buyuk do‘stimiz AQSH bilan mojaroga borish yoki Eron tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidni yo‘q qilishdan birini tanlashga to‘g‘ri kelib qolsa, xavfni bartaraf qilishni muhimroq, deb topamiz. Eron yadro quroliga ega chiqmasligi uchun siz har ishga, ya’ni har qanday ishga tayyor turishingiz kerak”, deydi Bosh vazir.

Netanyaxu mamlakat “Mossad”ning yangi rahbariga topshiriq berar ekan, Isroilning mavjudligiga eng katta raxna soluvchi omil haqida ham gapirib o‘tdi.

“Biz uchun eng katta tahdid — bu Eron tomonidan mavjudligimizga tahdid, uning yadro quroliga ega chiqishga urinishlari. Ular bizning kichik mamlakatimizni yadro quroli yordamida vayron qilish bilan tahdid qiladimi, bizga o‘n minglab raketalar bilan tahdid qiladimi, farqi yo‘q. Bu sionizm ishining davom etishiga tahdiddir va biz unga qarshi doimo kurashishimiz kerak”, deydi u.

Netanyaxu “Mossad” rahbariga ko‘rsatma berar ekan, AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan suhbatlashgani va unga ham Eronning yadro quroliga ega chiqmasligi uchun har narsaga tayyorligi to‘g‘risida aytganini eslab o‘tdi. 

Ma’lumot uchun, nafaqat Isroilda, balki G‘arbda ham Eron yadro quroliga ega chiqmoqchi degan xavotir bor.

Biroq rasmiy Tehron yadro quroli bo‘yicha yuqoridagi iddaolarni doimiy ravishda rad etib kelmoqda.

Qayd etish kerakki, Eron uranni 20 foizga boyitish jarayonini boshlagan, bu esa, 2015 yildagi yadroviy kelishuvda belgilangan 4 foizdan sezilarli darajada ko‘pdir. Biroq bu kelishuvdan 2018 yilda AQSH, 2020 yilda Eron chiqqan. 

Kelishuvga ko‘ra, Eron yadro dasturini cheklashi, uranni boyitishni to‘xtatishi va xalqaro inspektorlarga yadro ob’ektlarini tekshirishga ruhsat berishi kerak edi. Bular evaziga rasmiy Tehron iqtisodiy sanksiyalardan ozod bo‘lishi kerak edi.

Ma’lumot uchun, 20 foizdan yuqori boyitilgan uran qurol darajasida hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

987

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing