Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlardagi yo‘qotishlarini ochiqladi
Olam
−
08 may 2021
6657Ozarbayjon o‘tgan yil 27 sentyabrdan 10 noyabrgacha Tog‘li Qorabog‘da davom etgan qurolli harakatlari davomidagi yo‘qotishlari to‘g‘risida so‘nggi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Mudofaa vazirligi e’lon qilgan ma’lumotlarda qurolli harakatlar davomida 2895 nafar harbiy vafot etgani aytilgan. Bungacha 2881 askarning qurbon bo‘lgani aytilgandi.
“Yana 19 nafar harbiy bedarak yo‘qolgan deb hisoblanyapti. Ularni topish uchun kerakli choralar ko‘rilyapti”, deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 sentyabr kuni Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida faol qurolli to‘qnashuvlardan boshlanganda rasmiy Toshkent holatga munosabat bildirib, tomonlarni murosaga chaqirgandi. Ushbu masalani YeXHTning Minsk guruhi doirasida hal etilishi kerakligini aytgandi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 9 noyabr kuni Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev hamda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar.
Bayonotga ko‘ra, Armaniston va Ozarbayjon egallab turgan pozitsiyalarida to‘xtadi, keyin bir qator tumanlar Baku nazorati ostiga o‘tishi belgilandi. Sulhga ko‘ra, tomonlar o‘zaro asirlar, yaradorlar va halok bo‘lganlarning jasadlarini almashishni allaqachon boshladi.
Shuningdek, 1960 kishidan iborat Rossiya tinchlikparvar kuchlari aloqa liniyasi va Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘laydigan Lochin yo‘lagi bo‘ylab joylashtirildi.
Keyinchalik, Rossiya harbiylari Tog‘li Qorabog‘da tinchlikparvar kuchlar nazoratidagi hududlarda minalardan tozalash ishlarini davom ettirayotgani xabar qilindi. Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya qo‘shinlari Qorabog‘da besh yildan ko‘proq qolishidan umidvorligini bildirdi.
LiveBarchasi