Bo‘lginchi Tog‘li Qorabog‘ning Putinga yaqin bo‘lgan sobiq mulozimi uzoq muddatga qamaldi
Olam
−
17 fevral 2839 2 daqiqa
Ozarbayjon Respublikasi Jinoyat kodeksining tinchlik va insoniyatga qarshi jinoyatlar, harbiy jinoyatlar, shuningdek terrorchilik va terrorchilikni moliyalashtirishga oid moddalar hamda boshqa og‘ir jinoyatlar bo‘yicha ayblanayotgan Armaniston fuqarosi Ruben Vardanyanga nisbatan jinoyat ishi yuzasidan ochiq sud majlisida yakuniy sud qarori e’lon qilindi. Bu haqda Ozarbayjon Milliy axborot agentligi xabar berdi.
Baku Harbiy sudida sudya Zeynal Ag‘ayev raisligida, sudyalar Jamol Ramazonov va Anor Rizayev tarkibida (zaxira sudya Gunel Samadova) o‘tgan sud majlisida Vardanyan 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Ma’lum qilinishicha, Ruben Vardanyan Ozarbayjon Respublikasi Jinoyat kodeksining tajovuzkor urushni rejalashtirish va olib borish, aholini deportatsiya qilish, ta’qib, noqonuniy ozodlikdan mahrum etish, qiynoq, yollanma jangchilik, urush qonun-qoidalarini buzish, xalqaro gumanitar huquq normalarini buzish, qasddan odam o‘ldirish va unga suiqasd, noqonuniy tadbirkorlik, terrorchilik va uni moliyalashtirish, jinoiy uyushma tuzish, qurol va portlovchi moddalarni noqonuniy muomalaga kiritish, aviatsiya xavfsizligiga tahdid solish, hokimiyatni zo‘rlik bilan egallash, qonunda nazarda tutilmagan qurolli tuzilmalar tashkil etish hamda davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish kabi qator moddalar bilan ayblanmoqda.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov Ozarbayjon Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan olib borilgan.
Ma’lumot uchun, Rossiya va Armaniston oligarxi va 2022 yil 4 noyabrdan 2023 yil 23 fevralgacha Janubiy Kavkazda tan olinmagan davlat bo‘lgan Tog‘li Qorabog‘ning davlat vaziri bo‘lib ishlagan. Ciyosatchi Vladimir Putinga yaqin odam sifatida ko‘rilgan.
.jpg)
Vardanyan 2023 yilda davlat vaziri lavozimidan bo‘shatilgandan so‘ng Tog‘li Qorabog‘da o‘z yordamini va ishini davom ettirdi. Vardanyan Armaniston va Arsax Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni rag‘batlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar bilan shug‘ullanib, uzoq muddatli rivojlanish loyihalariga e’tibor qaratgan.
Siyosiy faoliyatidan oldin Vardanyan biznesmen va xayriyachi bo‘lgan. U Troika Dialog investitsiya bankining sobiq bosh direktori va aksiyadori hisoblanadi. 2021 yilda uning sof boyligi “Forbes” tomonidan 1 milliard dollarga baholangan.
2023 yil sentyabr oyida Tog‘li Qoraboqqa Ozarbayjon hujumi va undan keyin Tog‘li Qorabog‘ armanlarining qochib ketishi ortidan Vardanyan Ozarbayjon rasmiylari tomonidan Lochin yo‘lagida hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baku harbiy sudi tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasining sobiq prezidenti Araik Arutyunyanni umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan edi.
Live
Barchasi