O‘zbekistonda koronavirusga test topshirganlar 500 mingga yaqinlashdi
Jamiyat
−
16 may 2020
5754O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish aniqlangan 15 mart kunidan beri bugungacha 470 mingdan ortiq odam koronavirusga test topshirgan. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
“Sog‘liqni saqlash vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda davolanayotgan 522 bemordan 8 nafarining ahvoli og‘ir. 48 mingdan ko‘proq fuqaro karantin muddatlarini o‘tayapti. Oxirgi bir kunda 15 mingdan, kasallik qayd etilgan kundan bugunga qadar esa 474 mingdan ko‘proq holatda laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazildi”, dedi Otabekov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirgacha 2691 kishida koronavirus aniqlandi. Bugungacha bemorlarning 2158 nafari sog‘aygan va 11 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi