Qoraqalpog‘istonda navbatdagi koronavirusdan davolanayotganlar sog‘ayib chiqdi
Jamiyat
−
15 may 2020
8025Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 15 may kuni sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
“Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlarning biri (35 yoshli erkak) Buxoro viloyatidan bo‘lib, Qozog‘istondan kelgan, ikkinchisi esa (36 yoshli erkak) Samarqand viloyatidan bo‘lib, Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan. Ikkisi ham karantinga olingan va koronavirus infeksiyasi aniqlanishi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ma’lumot uchun, Qoraqalpog‘istonda shu paytga qadar 110 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 112 nafarga yetdi hamda ushbu hududda hozirda 8 nafar bemor davolanmoqda. Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2158 nafarni tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15