Husiylar AQSH harbiy kemasiga zarba berganini e’lon qildi
Olam
−
29 yanvar
4591Yamandagi husiylar Adan ko‘rfazida AQSH harbiy-dengiz kuchlarining USS Lewis B. Puller kemasiga raketa hujumi uyushtirdi. Bu haqda harakatning harbiy vakili Yahyo Sariya ma’lum qildi.
“Yaman harbiy-dengiz kuchlari yakshanba kuni Amerikaning USS Lewis B. Puller kemasi Adan ko‘rfazida bo‘lganida kemaga qarshi raketa uchirdi”, deydi Sariya “Al Masirah” telekanali efirida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kema Yamandagi husiy nishonlariga zarba berishda ishtirok etayotgan Amerika kuchlariga logistik yordam beradi.
Harakat matbuot kotibi USS Lewis B. Puller’ga qilingan hujum "Yamanni himoya qilish va mazlum Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlash uchun harbiy harakatlarning bir qismi" ekanini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yaman husiylari Adan ko‘rfazida Britaniya neft tankeriga hujum uyushtirgan va oqibatda kemaning yuk sisternalaridan birida yong‘in chiqqandi.
LiveBarchasi