Husanov bor e’tiborini ishga qaratgan – Gvardiola

Sport

image

“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL 24-turidan o‘rin olgan “Arsenal”ga qarshi o‘yin oldidan jamoaning yangi himoyachisi Abduqodir Husanovning ruhiy holati haqida gapirdi. 

“Husanov mashg‘ulotlarda yaxshi ishladi. U bor e’tiborini ishga qaratgan.  U bu yerda hamma uchun yangi”, deydi Gvardiola.

Murabbiy futbolchining ruhiy tiklanganligi haqida  ham so‘z ochdi.

“Albatta, boshqa markaziy himoyachilar Husanovdek xato qilmagan deb o‘ylaysizmi? Ha, yuqori daraja kerak, ammo bu biroz vaqt talab qiladi. Men Abduqodirni biror narsada ayblamayman. Aksincha, hamon xatolar qilayotgan o‘zimni ayblashim kerak. Markaziy himoyachilarni yaxshilash mening vazifam hisoblanadi. Husanovni o‘tgan ish uchun omma oldida ham, shaxsan ham tanqid qilmadim. U atigi 1 marta mashg‘ulot o‘tkazib, “Chelsi”ga qarshi o‘ynadi. Yangi jamoada, boshqa tilda suhbatlashiladigan mamlakatda. Bunday sharoitda Premer-ligada debyut qilsam, menga yordam berishlarini xohlagan bo‘lardim. Shunday bo‘ldi ham. Yigitlar maydonda tezda reaksiya ko‘rsatishdi va unga yordamlashishdi”, deydi Gvardiola.

Ma’lumot o‘rnida, “Arsenal” - “Man Siti” o‘yini bugun, 2 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik 20 yoshli futbolchi o‘tgan haftada “Chelsi”ga qarshi o‘yinda Premer-ligada debyut qilib, 52 daqiqa harakat qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing