Husanovning “Liverpul”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Sport

image

Kecha, 8 fevral kuni Angliya Premer-ligasi 25-turi doirasida “Liverpul” hamda “Manchester Siti” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Unda mehmonlar – “Siti” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov 61 daqiqa maydonda harakat qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 74-daqiqasida Dominik Soboslai jarima zarbasidan unumli foydalanib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, 84-daqiqada Bernardu Silva muvozanatni tikladi.

O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Erling Xoland penaltini aniq amalga oshirib, “Manchester Siti”ga g‘alaba keltirdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov uchrashuvning 61-daqiqasida jarohat olib, uning o‘rniga Ruben Diash maydonga tushirildi. Bir bo‘limdan sal ko‘proq harakat qilgan himoyachining o‘yini “SofaScore” portali tomonidan 6,5 ballga baholandi.

Shu tariqa, “Manchester Siti” chempionatdagi ochkolarini 50 taga yetkazib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Londonning “Arsenal” jamoasi esa 56 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Liverpul' Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing