Husanov “Aston Villa”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Sport

image

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola jarohatdagi futbolchilar Rodri va Husanovning holati haqida ma’lumot berib, futbolchilar “Aston Villa”ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmasligini tasdiqladi. Bu haqda “The Standart” nashri xabar berdi

Ispaniyalik futbolchi terma jamoalar tanaffusi oldidan son qismidan jarohat olgan va hozirda sog‘ayish jarayonida. Rodri bu hafta Chempionlar ligasida “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda ham safda bo‘lmagan. Gvardiola, shuningdek, o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov ham hali to‘liq tiklanmaganini aytdi.

“Vilyarreal”ga qarshi o‘ynay olmagan yigitlar hali ham tayyor emas. Husanov haqida aytadigan bo‘lsam, u sog‘ayishga yaqin, ammo hali to‘liq tayyor emas, jarohatini takrorlab olish xavfi bor”, dedi Gvardiola.

Rodrining o‘rniga Chempionlar ligasida  Niko Gonsales maydonga tushgan edi, biroq u ham o‘yinda oyog‘idan jarohat olib, maydonni tark etgan edi. Futbolchining “Aston Villa”ga qarshi uchrashuvda ishtiroki shubha ostida qolmoqda.

“Manchester Siti” so‘nggi uchta marta “Villa Park”da g‘alaba qozona olmagan. Gvardiola bu safar bu seriyani tugatishga umid bildirdi: “Villa Park”da bizdan yaxshiroq o‘ynagan ikkita o‘yinni eslayman. Umid qilamanki, bu safar boshqacha bo‘ladi. Unai Emeriga nisbatan hurmatim juda katta. U jamoasini mukammal tayyorlaydi. Bu mavsumda ular Chempionlar ligasida emas, ammo o‘tgan mavsumdagi o‘yinlariga qaraganda, ular eng kuchli raqiblardan biri”, deydi u.

Ma’lumot uchun, “Aston Villa” va “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ertaga, 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Gvardiola Husanov Rodri “Aston Villa”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing