“Barselona” “Aston Villa”ni yirik hisobda mağlubiyatga uçratdi

Sport

−

image

Keça, 3 noyabr kuni UEFA Çempionlar ligasining törtinçi turi doirasidagi bir qator uçraşuvlar bölib ötdi. Unda Ispaniyaning “Barselona” jamoasi öz uyida  Angliyaning “Aston Villa” jamoasini 3:0 hisobida mağlub etdi.

Uçraşuvning 7-daqiqasida kataloniyaliklar hisobni oçdi. Lamin Yamal hujumdagi faol harakatlari ortidan gol urişga muvaffaq böldi. Bu uning Çempionlar ligasidagi 14-goli bölib, Yamal musobaqa tarixida 20 yoşgaça bölgan futbolçilar orasida eng köp gol urgan rekordçiga aylandi.

Ikkinçi bölimda Rafinya 52 va 64-daqiqalarda gol urib, dubl qayd etdi va hisobni yirik körinişga keltirdi.

Natijada, “Barselona” törtta öyinda uçta ğalabaga erişdi. Jamoaning Çempionlar ligasidagi hozirça yagona mağlubiyati Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubiga qarşi uçraşuvda qayd etilgan. Parijdagi bahs mezbonlar foydasiga 4:2 hisobida yakunlangan.

Unai Emeri boşçiligidagi “Aston Villa” joriy Çempionlar ligasidagi ilk mağlubiyatini qabul qildi. Ispaniya va Angliya klublari töqqiz oçkodan jamğargan holda ayni damda turnir jadvalida ikkinçi va uçinçi örinlarni egallab turibdi.

Keyingi öyinda “Barselona” Yevropa klublarining eng nufuzli musobaqasida debyut qilayotgan Ozarbayjonning “Sabah” jamoasiga qarşi safarda maydonga tuşadi. Uçraşuv joriy yilning 25 noyabr kuni bölib ötadi. Bir kun oldin “Aston Villa” safarda Turkiyaning “Galatasaroy” klubiga qarşi öynaydi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing