“Maoshi keskin oshadi”. Romano “Siti” va Husanovning yangi kelishuvini e’lon qildi
Sport
−
24 iyul 37821 1 daqiqa
“Manchester Siti” o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov bilan yangi shartnoma imzolashga kelishib oldi. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, klub Husanov va belgiyalik vinger Jeremi Doku bilan 2031 yilgacha amal qiladigan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Qayd etilishicha, “Lans”dan “Manchester Siti”ga o‘tgan Abduqodir Husanovning maoshi sezilarli darajada oshiriladi. Shuningdek, uning amaldagi shartnomasi yana besh yilga uzaytiriladi. Husanovning “shaharliklar” amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangandi.
Jeremi Doku ham yangi kelishuvning barcha shartlariga rozilik bildirgan. Yaqin kunlarda uning ham 2031 yilgacha mo‘ljallangan besh yillik shartnomasi rasman kuchga kirishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum yakunlanganidan keyin jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola lavozimini tark etdi. Yangi mavsumdan boshlab “Manchester Siti”ni Enso Mareska boshqaradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Transfermarkt” portali Abduqodir Husanovning transfer narxini 15 mln yevroga ko‘tarib, 50 mln yevro etib belgilagandi.
Live
Barchasi