Hilolaning ham hayoti tahlika ostida – Turkiyada vafot etgan Nodira Qodirovaning akasi

Jamiyat

image
Nodira Qodirova shizofreniya xastaligiga chalinganmidi? north_east

Nodira Qodirova shizofreniya xastaligiga chalinganmidi?

Qo‘limizda hujjat bor! Qodirovaning o‘limi ortidagi sirlar ochilyapti north_east

Qo‘limizda hujjat bor! Qodirovaning o‘limi ortidagi sirlar ochilyapti

Joriy yilning 23 sentyabr kuni Turkiya poytaxti Anqarada “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan deputat Shirin Unalning uyida vafot etgan 23 yashar o‘zbekistonlik Nodira Qodirovaning o‘limi bilan bog‘liq tergov-surishtiruv natijalari hali ham ochiqlangani yo‘q. Uning akasi Muhammadali Qodirov kuni kecha Turkiya mahalliy ommaviy axborot vositalariga intervyu berib, deputatning uyida ishlab kelgan ikkinchi uy xizmatchisi o‘zbekistonlik Hilola O‘narboyevaning ham hayoti tahlika ostida ekanini ma’lum qildi. U o‘z intervyusida shunday deydi: 

“Adolat va taraqqiyot” partiyasi deputati Shirin Unalning uyida ishlagan ikkinchi xizmatchi Hilola Anqara shahrida politsiya tomonidan shubhali tarzda qo‘lga olingani va uni mamlakatdan chiqarib yuborish (deport) bo‘yicha qaror chiqarilganini aytishdi. Afsuski, bunday bo‘lmagan, Hilolani mamlakatdan chiqarib yuborishmagan. U hamon deputat Shirin Unalning uyida yashab kelmoqda. 3-4 kun avval Hilola bilan gaplashdim. “Sen bo‘lgan voqealarni yaxshi bilasan, iltimos, bularni ochiq va aniq aytib ber. Sening ham hayoting tahlikada ekanini yaxshi bilaman. Sen haqiqatlarni ayt va men senga ham yordam beray”, deb aytdim. Afsuski, bechora qiz “hech narsa bilmayman”, deb yig‘lardi. U yig‘lashdan o‘zini to‘xtata olmayapti va hech narsani aytmayapti. Buni qanday tushunish mumkin?”, deydi Muhammadali Qodirov. 

Nodira Qodirovaning akasi singlisinining jasadi O‘zbekisonga olib kelingandan so‘ng, uning tanasida o‘q izi bitta emas ikkita bo‘lgani, shuningdek sud-tibbiy ekspertiza vaqtida jasadning ichki a’zolari butkul olib tashlangani, jasadning tanasida zarbalardan qolgan izlar borligini aytib chiqqandi. Uning qayd etishicha, Nodira Qodirova bilan bir uyda ishlagan Hilola O‘narboyeva bo‘lib o‘tgan voqealarni ipidan ignasigacha biladi, ammo deputat Shirin Unalning bosimi va tahdidlari ostida bularni aytmayapti. Boisi uning ham hayotida xavf ostida bo‘lishi mumkin. 

“Ikkinchi xizmatchi Hilola singlim bilan bog‘liq voqealarni boshidan to oxiriga juda yaxshi biladi. Balki, unga deputat Shirin Unal tarafidan bosim o‘tkazilayotgandir. Bosim o‘tkazilyapti, tahlika ostida yashayapti. Singlimning vafoti bilan bog‘liq ish qachon oxiriga yetsa, haqiqat o‘shanda ma’lum bo‘ladi yoki yo‘q. Lekin qiz (Hilola O‘narboyeva) bu voqeaning qurboni bo‘ladi. Uni deport qilishganini aytishdi, ammo u hamon Anqarada yashamoqda. U menga singlim vafot etgan kundan buyon tashqariga chiqmayotgani, chiqarishmayotganini aytdi. Bu qiz bo‘lib o‘tgan voqealarni biladi va aytmayapti. Agar aytsa, deputat Shirin Unal haqiqatni ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqalarga yetzkazishimizni yaxshi biladi va Hilola bilan buning oldini olib hisob-kitob qilib bo‘lgan. Shuning uchun qiz qo‘rqqanidan hech narsa gapirmayapti. 

Bir voqealar ortidan yana bir qizning hayoti tahlikada qolmoqda. Iltimos, bu ish yopdi-yopdi bo‘lishiga izn bermang. Qotillar, jinoyatchilar o‘z jazosini olsin”, deydi Qodirov. 

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Nodira Qodirovaning vafoti yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda. Xonadon egasi Shirin Unal Nodira Qodirova o‘z joniga qasd qilganini ta’kidlamoqda. Qodirovaning akasi esa singlisi jinoyat qurboni bo‘lgani, unga ikki joyidan o‘q uzilgani, qolaversa, do‘pposlanganini aytmoqda. 

Oktyabr oyi o‘rtalariga kelib, Shirin Unal voqea bo‘yicha birinchi bayonotini berdi va unda Nodira o‘z joniga qasd qilgani, uning ruhiy xastaligi bo‘lganini aytib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay, QALAMPIR.UZ’ga Nodira Qodirova ham, o‘zbekistonlik ikkinchi uy ishchisi Hilola O‘narboyeva ham hech qanday rasmiy hujjatsiz, sug‘urtasiz deputatning uyida ishlab kelgani ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Nodira Qodirova Shirin Unal Muhammadali Qodirov Hilola O'narboeva

Baholaganlar

537

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing