Hibsda qolayotgan Atamboyevga yaqinlari tabrik yo‘lladi

Olam

image

Bugun, 17 sentyabr kuni, Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti, ko‘plab jinoiy ishlarda ayblanayotgan Almazbek Atamboyev Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmati tergov hibsxonasida o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, deya yozmoqda Kaktus media.

Atamboyevga tug‘ilgan kuni munosabati bilan uning o‘g‘li Seidbek va nevaralari ijtimoiy tarmoqlar orqali tabrik  yo‘lladi. 
"Tug‘ilgan kuningiz bilan, dada! Sizning tug‘ilgan kuningizda sizga sog‘liq, baxt va muvaffaqiyat tilaymiz! Xudo saqlasin, yaqinda ko‘rishamiz", dedi Seidbek Atamboyev.

Videoda Atambayevni "eng yaxshi hujumchi" deb atagan nevaralari Seidbekning o‘g‘illari tasvirlangan.

Eslatib o‘tamiz, Almazbek Atamboyev 2011-2017 yillarda Qirg‘izistonga rahbarlik qilgan. Atamboyev birinchi to‘liq Prezidentlikdan keyin o‘z xohishi bilan lavozimni tark etgan birinchi Prezident bo‘lgan.
Shu yilning 8 avgust kuni Atamboyev huquq-tartibot organlari xodimlariga taslim bo‘ldi.

Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi sobiq Prezident Almazbek Atamboyevga nisbatan qotillik va boshqa og‘ir jinoyatlarda ayblov e’lon qildi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Atamboev tug'ilgan kuni

Baholaganlar

77

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing