“Manchester Siti” Husanovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
Sport
−
01 mart 22944 1 daqiqa
Angliyaning “Manchester Siti” klubi markaziy himoyachi Abduqodir Husanovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 1 mart kuni “Manchester Siti” o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovni tug‘ilgan kuniga atab Instagram'da post joyladi. Ammo Husanov 29 fevral kuni tug‘ilgan. Bu sana har 4 yilda kelishini hisobga olib, klub futbolchini bugun tabrikladi.
“Tug‘ilgan kuning bilan Abduqodir Husanov”, deyiladi postda.
Ma’lumot o‘rnida, Abduqodir Husanov 2004 yilning 29 fevralida Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2025 yilning yanvar oyida u “Manchester Siti” futbolchisiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, o‘zbekistonlik futbolchi “shaharliklar” safida fevral oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar qatorida ekanligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi