“Jeenbekov hokimiyatni qo‘rqoqligidan topshirdi”. Atamboyev yana sudda tomosha ko‘rsatdi

Olam

image

Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev bugun, 11 aprel kuni 2020 yilgi oktyabr voqealari bo‘yicha sud jarayonini sharmandalik deb atadi.  

“Men rasman shikoyat qilganim yo‘q”, degan Atamboyev. 

U MRT (magnit-rezonans tomografiya) dan o‘tganini va normal davolanishi kerakligini aytgan. Shundan so‘ng, sobiq Prezident 2020 yil oktyabr voqealari bo‘yicha sud jarayonini qattiq tanqid qilib, uni sharmandalik deb atagan. 

“Agar xalq 5-9 oktyabr kunlari chiqmaganida, Soke (Sooronbay Jeenbekov) ketarmidi? Sadir (Sadir Japarov) haligacha qamoqda o‘tirgan bo‘lardi. O‘shanda maydonga chiqqan bu bolalarga rahmat aytish kerak. Soke hokimiyatni Sadirga muhabbatidan emas, qo‘rqoqligidan topshirdi”, degan Atamboyev. 

Unga ko‘ra, 2020 yil oktbyar oyida sodir bo‘lgan voqealar bo‘yicha sudlanuvchilar o‘rniga boshqalar hukm qilinib, boshqa odamlar o‘tirishi kerak. Atamboyev, shuningdek, bu ish bo‘yicha ishlayotgan sudyalarni shunchaki qo‘g‘irchoqlar deb atagan. 

Sudya Atamboyevni yana sud zalidan chiqarib yuborgan. 

Eslatib o‘tamiz, Atamboyev joriy yilning 8 aprel kuni emotsional ravishda uni sud zalidan olib chiqishlarini talab qilgandi. U sudlanuvchilar xonasining oynasini ham urgan.  

2020 yil iyun oyida sobiq Prezident respublika Jinoyat kodeksining “Korrupsiya” moddasi bo‘yicha aybdor deb topilib, 11 yil-u 2 oyga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u bir guruh odamlar bilan birga kriminal avtoritet Aziz Batuqayevning hibsxonalardan noqonuniy ravishda ozod etilishiga hissa qo‘shgan.  

Ma’lumot uchun, 2020 yil oktyabr oyida Bishkekda parlament saylovlari natijalariga rozi bo‘lmaganlarning ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan. Shundan so‘ng, namoyishchilar talabiga ko‘ra Almazbek Atamboyev 2019 yil avgust oyidan beri saqlanayotgan tergov izolyatoridan ozod qilingan, biroq keyinroq yana hibsga olingan. Tergovchilarga ko‘ra, janob Atamboyev sobiq bosh vazir Omurbek Babanov va boshqa amaldorlar bilan til biriktirib, hokimiyatni egallab olgan. 2021 yil sentyabr oyida unga nisbatan ayblov e’lon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

sud Atamboev

Baholaganlar

403

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing