“Hech qanday sehrli tayoqcha yo‘q”. Pentagon rahbari Ukrainani mashaqqatli kurash kutayotganini aytdi

Olam

image

AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Ukrainadagi frontdagi vaziyatning rivojlanish istiqbollari haqida gapirar ekan, bu urushda "sehrli tayoqcha" yo‘qligini aytdi. Bu haqda Pentagon rahbari Kiyevda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.

"Bunday mojaroda sehrli tayoqcha bo‘ladigan qurol yo‘q. Ukrainaga zamonaviy qurollar yetkazib berilmoqda, lekin muvaffaqiyat imkoniyatlardan qanday foydalanishingizga va jang maydonida ularni sinxronlashtirishingizga bog‘liq. Bu og‘ir, mashaqqatli kurash va kelajakda ham shunday bo‘ladi”, deydi Ostin.

Ma’lumot uchun, Ostin kecha, 20 noyabr kuni Kiyevga tashrif buyurgan va u yerda Prezident Vladimir Zelenskiy va Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov bilan uchrashgan.

Eslatib o‘tamiz, Lloyd Ostinning Kiyevga tashrifi chog‘ida AQSHning Ukrainaga harbiy yordamining 100 million dollarlik yangi paketi e’lon qilingandi. Xususan, u bitta HIMARS raketa-artilleriya tizimini, shuningdek, boshqa turdagi qurol va o‘q-dorilarni o‘z ichiga oladi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Pentagon Lloyd Ostin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing