“Hayraton – Mozori Sharif” temir yo‘lidan foydalanish bo‘yicha 2 yillik bitim imzolandi

Jamiyat

image

Bugun, 12 fevral kuni Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va “Sogdiana trans” o‘rtasida “Hayraton–Mozori Sharif” temir yo‘lida ekspluatatsiya ishlarini davom ettirish to‘g‘risida yangi kelishuv imzolandi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” ma’lum qildi.

Ushbu kelishuvga ko‘ra, “Sogdiana trans” 2 yil davomida o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Bundan tashqari, tomonlar birgalikda “Mozori Sharif” bekatiga yuklarni yetkazib berishni tezlashtirishni kelishib oldi. Hamda Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasining mahalliy mutaxassislarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratdi.

“10-11 fevral kunlari 714 ta yuk vagonlari yetkazildi. Bugungi kunga qadar yuklarni yetkazib berish davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 fevral kunidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi o‘rtadagi kelishuv chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshira olmayotgani sababli “Hayraton-Mozori Sharif” temir yo‘lidan foydalanish vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qilgan edi. 

Buning ortidan Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi rasmiylari “O‘zbekiston temir yo‘llari”ni “Hayraton-Mozori Sharif” o‘rtasidagi temir yo‘l aloqasining texnik masalalari bo‘yicha yangi kelishuvni buzganlikda ayblab chiqqan edi.

8 fevral kuni esa “Tolibon” vakillari “Hayraton-Mozori Sharif” temir yo‘lidan foydalanishni qayta tiklash masalasini muhokama qilish uchun O‘zbekistonga kelgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

temir yo'l “Hayraton–Mozori Sharif”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing