Afg‘oniston temir yo‘lidan foydalanish to‘xtatildi 

Olam

image

Bugun, 1 fevraldan boshlab Afg‘oniston temir yo‘lida harakatlar to‘xtatildi. Bu haqda O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ temir yo‘l orqali Afg‘onistonga yuk o‘tkazuvchi tadbirkorlarga yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, G‘alaba-Hayraton temir yo‘lidan foydalanishda 2022 yil 26-30 dekabr Termiz shahrida o‘tkazilgan muzokaralar davomida 2023 yilning 27 yanvariga qadar yangi shartnoma tuzilishiga kelishilgan hamda tegishli bayonnoma imzolangan. Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar bajaradigan ishlar ro‘yxati ikki tomonlama hal qilingan.

Ammo Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi ushbu chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshira olmayotgani sababli Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘lidan foydalanish vaqtincha to‘xtatilishi ma’lum qilingan.

Ma’lumot uchun, Afg‘onistondagi Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘li 2010 yilda qurilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing