Jambilda poyezd 70 bosh qo‘yni bosib ketdi

Olam

−

image

Qozog‘istonning Jambil viloyatida qo‘ylar to‘dasi temir yo‘l iziga chiqib qoldi. Oqibatda yuk poyezdi 70 bosh chorvani urib yubordi, ularning egasi esa javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.

“Ushbu holat bo‘yicha chorva egasi – Taraz shahrida yashovchi 66 yoshli fuqaroga nisbatan temir yo‘lning ajratilgan qismida chorva mollarini boqish qoidalarini buzganligi uchun ma’muriy bayonnoma tuzildi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, joriy yil boshidan buyon Transport politsiya departamenti tomonidan poyezdlarning 1 166 ta favqulodda to‘xtash holati ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 881 tasi uy hayvonlarining temir yo‘l iziga chiqib ketishi bilan bog‘liq.

“Transport politsiyachilari uy hayvonlari egalarini temir yo‘l yaqinida chorva mollarining nazoratsiz boqilishiga yo‘l qo‘ymaslikka va belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilishga chaqiradi.

Yodda tuting: hayvonlar xavfsizligi uchun javobgarlik avvalo ularning egalari zimmasidadir. Chorvaning temir yo‘lga nazoratsiz chiqib ketishi avariyaviy holatga, moddiy zararga olib kelishi hamda insonlar hayoti va salomatligiga tahdid solishi mumkin”, deyiladi idora bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida Spark rusumli avtomobil 22 bosh qo‘yni urib yuborib, o‘zi esa yonib ketgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing