Hindistonda poyezdni 11 ming voltli elektr simi ostida qoldi (video)
Olam
−
796 2 daqiqa
Hindistonning Ğarbiy Bengaliya ştatidagi Dakşineşvar temiryöl bekatida 11 ming volt kuçlanişli elektr simi mahalliy yölovçi poyezdi ustiga uzilib tuşdi. Bu haqda “The Sunday Guardian” xabar berdi.
Qayd etilişiça, yuqori kuçlanişli elektr simi poyezd bilan tutaşişi natijasida uning atrofida uçqunlar saçragan, bekat platformasini esa tutun qoplagan. Poyezd içidagi yölovçilar va bekatda kutib turgan fuqarolar kutilmagan hodisadan sarosimaga tuşgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda elektr uçqunlari va odamlarning vahimaga tuşgan holatlarini köriş mumkin. Hodisa sababli temiryöl qatnovida ham vaqtinçalik uzilişlar yuzaga kelgan. Mas’ul xodimlar elektr tizimidagi nosozlikni bartaraf etiş va yölovçilar xavfsizligini ta’minlaş çoralarini körgan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, hodisa oqibatida heç kim tan jarohati olmagan va halok bölmagan. Poyezdning metall korpusi elektr zaryadining taşqi yuzasi böylab tarqalişiga imkon bergani yölovçilarning zararlanişiga yöl qöymagan bölişi mumkin.
Şu bilan birga, mutaxassislar bunday vaziyatlarda poyezdga tegiş yoki elektr ta’minoti uzilgani rasman tasdiqlanmagunça undan tuşişga uriniş öta xavfli ekanini ta’kidlaydi.
Bildirilişiça, hozirda mazkur hodisa temiryöl infratuzilmasidagi elektr jihozlarini muntazam tekşiriş va texnik xizmat körsatiş masalasini yana kun tartibiga olib çiqdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Çexiya poytaxti Pragada ikki yölovçi poyezdi iştirokida avariya sodir bölgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi