Toj Mahalda yuzlab maymunlar sayyohlarni sarosimaga soldi

Olam

−

visibility249 timer2 daqiqa

image

Hindistonning Agra şahridagi Toj Mahal majmuasida 100 dan ortiq maymun tödasi paydo bölib, sayyohlarni hayratga soldi. Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Bu haqda “The Economic Times” xabar berdi.

Qayd etilişiça, voqea Kanpurdan oilasi bilan Toj Mahalga kelgan sayyoh tomonidan tasvirga olingan. Uning aytişiça, oilasi bilan maqbara yaqinidagi maydonda dam olayotgan vaqtida çap tomondan katta maymunlar tödasi kirib kelgan.

Biroq Hindiston Arxeologiya boşqarmasi (ASI) videoning qaçon olinganiga şubha bildirgan. Idora vakili tasvirlar bir neça oy avval suratga olingan bölişi mumkinligini aytgan.

Ma’lum qilinişiça, Toj Mahal hududida maymunlar paydo bölişiga majmua atrofidagi yaşil maydonlar sabab bölmoqda. Ular hayvonlar uçun tabiiy yaşaş muhiti hisoblanadi. Arxeologiya boşqarmasi maymunlarning sayyohlar köp böladigan hududlarga kirişini çeklaş maqsadida ayrim joylarga simlar örnatgan.

Toj Mahalda maymunlar bilan boğliq muammo avvaldan mavjud. Sönggi oylarda sayyohlarning hayvonlar tomonidan quvilişi, hujumga uçraşi va tişlanişi holatlari qayd etilgan. Şu sababli, joriy yilning 28 sentyabr kuni Arxeologiya boşqarmasi Agra munitsipal korporatsiyasiga murojaat qilib, maymunlar hujumi bilan boğliq holatlarga aralaşişni söragan.

Idoralar ma’lum qilişiça, Toj Mahal hududida sayyohlar xavfsizligini ta’minlaş Arxeologiya boşqarmasi zimmasida bölsa, maymunlarni tutib, boşqa joyga köçiriş Agra munitsipal korporatsiyasi mas’uliyatiga kiradi.

Har kuni minglab mahalliy va xorijiy sayyohlar taşrif buyuradigan Toj Mahalda maymunlar sonini nazorat qiliş hozirda mas’ul idoralar oldidagi muammolardan biri bölib qolmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing