Hindistonda minglab odamlar saylov komissiyasi raisi iste’fosini talab qilib, köçaga çiqdi
Olam
−
08:38 697 3 daqiqa
Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida minglab odamlar Markaziy saylov komissiyasi raisi Gyaneş Kumar iste’fosini talab qilib, namoyişga çiqdi. Bunga saylovçilar röyxatini qayta körib çiqiş jarayonida 130 milliondan ortiq fuqaroning ismi röyxatdan çiqarilgani sabab böldi. Namoyişga muxolifatdagi Kongress partiyasi yetakçisi Raxul Gandi boşçilik qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Keça, 1 noyabr kuni bölib ötgan namoyiş Hindiston Boş vaziri Narendra Modi hukumatiga qarşi sentyabr oyi oxiridan beri davom etayotgan norozilik çiqişlarining navbatdagisi bölgan. Muxolifat vakillari saylovçilar röyxatidagi özgarişlar Modi boşçiligidagi “Bharatiya Janata” partiyasiga (BJP) foyda keltirişini aytmoqda.
.png)
Namoyiş boşlanişidan oldin Nyu-Dehlida xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan. Politsiya xodimlari va tartibsizliklarning oldini oliş böyiça maxsus kuçlar Ramlila maydonini örab olgan. Namoyişçilar esa şahar markazidan uşbu maydonga qarab yuriş qilgan. Ularning köpçiligi Hindiston va siyosiy partiyalar bayroqlarini kötarib olgan.
.png)
Mitingda sözga çiqqan Raxul Gandi Saylov komissiyasi raisi Gyaneş Kumar lavozimini tark etişi kerakligini aytgan. Uning fikriça, bu mamlakatni yana “töğri yölga qaytariş” uçun birinçi qadam böladi.
.png)
“Saylovçilar röyxatidan odamlarning ismlarini öçiriş Hindistonning har bir fuqarosi ovozini öğirlaşdir. Bu fuqarolarning öz fikrini bildiriş huquqidan mahrum etilişidir. Bu millatga xiyonat, davlatga xiyonatdir”, degan Raxul Gandi.

Namoyişda qatnaşgan Kongress partiyasi talabalar qanoti a’zosi Rina Maho oilasining tört nafar a’zosi boşqa joyga köçib ketgani haqida notöğri ma’lumot kiritilgani sababli saylovçilar röyxatidan çiqarilganini bildirgan. Uning aytişiça, oilasi Çxattisgarh ştatidagi Jagdalpur şahrida uzoq yillardan beri yaşaydi.
“Birdangiga bizni öz uyimizdan köçib ketgan deb belgilaşdi. Bu holat uçun kimdir javob berişi kerak. Biz aynan şuni talab qiliş uçun keldik”, degan u.
“Reuters” ma’lumotiga köra, saylovçilar röyxatini qayta körib çiqiş jarayonida 130 milliondan ortiq kişining ismi öçirilgan. Bu Yaponiya aholisidan ham köp.
Hindiston Saylov komissiyasi esa röyxatni yangilaşdan maqsad takroriy yozuvlar va saylov huquqiga ega bölmagan şaxslarni çiqarib taşlaş ekanini bildirgan. Komissiya biror siyosiy partiyaga yon bosayotganini rad etgan va röyxatdan notöğri çiqarilgan fuqarolar qayta röyxatdan ötişi mumkinligini ma’lum qilgan.
Hindiston soğliqni saqlaş vaziri Jagat Prakaş Nadda ham namoyişga munosabat bildirgan. U mitingni “puxta taşkil etilgan sahna körinişi” deb atagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Serbiya poytaxti Belgradda muddatidan oldingi parlament saylovlari arafasida Prezident Aleksandr Vuçiç hokimiyatiga qarşi 150 mingga yaqin kişi namoyişga çiqqandi.
Live
Barchasi01 Noyabr