Hindistonda poyezdning törtta vagoni yonib ketdi (video)

Olam

−

image

Hindistonda Amritsar–Nyu-Jalpayguri yönalişida harakatlanayotgan poyezdda yonğin çiqişi oqibatida 1500 nafarga yaqin yölovçi evakuatsiya qilindi. Hodisa oqibatida 16 nafar yölovçi şifoxonaga murojaat qilgan, ulardan sakkiz nafari yengil kuyiş jarohatini olgan. Bu haqda “The Times of India” xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, yonğin keça, 6 noyabr kuni tuşdan keyin Panjob ştatidagi Saroy-Banjara temiryöl bekati yaqinida sodir bölgan. Poyezd Sadxugarx qişloğidan ötganidan köp ötmay, vagonlardan birida yonğin boşlangan. Qisqa vaqt içida tutun boşqa vagonlarga ham tarqalgan.

Ma’lumotlarga köra, Rajpura şahridagi şifoxonaga 15 nafar yölovçi olib borilgan. Ularning sakkiz nafari yengil kuyiş jarohatini olgan, qolganlarida esa yengil jarohatlar kuzatilgan. Yana bir yölovçi Fotixgarh-Sohibdagi şifoxonada davolangan. Şifokorlar barça jabrlanganlarning ahvoli barqaror ekanini bildirgan.

 

Yonğin sabab poyezd töxtatilgan va törtta umumiy vagon ajratib olingan. Hodisa joyiga törtta yonğin-qutqaruv ekipaji, politsiya xodimlari va tibbiy guruhlar jalb etilgan. Mahalliy aholi ham yonğinni öçiriş işlariga yordam bergan.

Dastlabki taxminlarga köra, vagonlardan biridagi ventilyatorda qisqa tutaşuv yuz bergan va bu yonğinga sabab bölgan. Biroq hodisaning aniq sababi hali ma’lum emas. Temiryöl ma’muriyati batafsil tekşiruv ötkazişini bildirgan.

Yölovçilardan biri Maninder Mohanning aytişiça, u Muzzaffarpurga ketayotgan bölganida vagonni tutun qoplagan. U poyezddan çiqib ketiş uçun favqulodda oyna oynasini sindirib, taşqariga sakragan va yengil jarohat olgan.

Xavfsizlik çorasi sifatida hodisa joyidagi elektr liniyalarida tok öçirilgan, poyezdlar harakati vaqtinça töxtatilgan. Yölovçilarga oziq-ovqat, içimlik suvi va transport vositalari bilan yordam körsatilgan. Şuningdek, ularning safarini davom ettirişi uçun Saray-Bandjara bekatidan Nyu-Jalpayguri yönalişiga ikkita maxsus poyezd yuborilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Pokistonning Panjob viloyatida yölovçi poyezdining relsdan çiqib ketişi oqibatida kamida olti kişi halok böldi va 30 kişi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing