Hasanboy Do‘smatov ukasiga qarshi ringga chiqishdan bosh tortdi
Sport
−
16 aprel 8628 1 daqiqa
Rossiyaning Xabarovsk shahrida “Konstantin Korotkov” xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqaning chorak finalida -54 kg vazn toifasida ikki o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy va Faryozbek Do‘smatov o‘zaro raqib bo‘lib qoldi. Ammo Do‘smatovlarning kattasi jang qilishni istamadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kichik Do‘smatov musobaqaning yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Hasanboy Do‘smatov esa musobaqani shu bosqichdan tark etdi.
Ma’lumot o‘rnida, “Konstantin Korotkov” xalqaro xotira turniri 14-20 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston sharafini 19 nafar bokschi himoya qilmoqda. Ularning 13 nafari erkaklar bo‘lsa, 6 nafari ayol bokschilar.
Live
Barchasi