Hasanboy Do‘smatov 2 karra jahon chempioniga aylandi

Sport

image

Bugun, 13 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi IBA Jahon chempionatining final bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Unda o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Hasanboy Do‘smatov -51 kg vaznda bo‘lib o‘tgan finalda rossiyalik Bair Batlayevni 4:1 hisobida mag‘lub etdi va ikki karra jahon chempioniga aylandi.  

Ma’lumot uchun, navbatdagi finallarda qatnashadigan o‘zbekistonlik bokschilar ro‘yxati quyidagicha:

-60 kg: Abdumalik Xalokov; 
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev;
-80 kg: Javohir Ummataliyev;
-92 kg: To‘rabek Habibullayev;
+92 kg: Arman Maxanov.

Shuningdek, -54 kg toifasidagi bahslarda qatnashgan Asilbek Jalilov, -75 kg toifasida Fazliddin Erkinboyev, -57 kg toifasida Xo‘janazar Nortojiyev musobaqaning bronza medallarini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Jahon chempionati Hasanboy Do'smatov IBA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing