Hasanboy Do‘smatovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
03 Oktabr 7103 1 daqiqa
O‘zbekistonlik professional bokschi Hasanboy Do‘smatov joriy yilning 25-26 oktyabr kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkaziladigan professional boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Bu haqida sportchi o‘zining Instagram tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Boks oqshomida Hasanboy Do‘smatovga qarshi meksikalik Rene Kalisto raqiblik qiladi. Jang o‘ta yengil vazn toifasida (50,8 kg) tashkil etiladi. Ushbu jang g‘olibi IBF yo‘nalishida o‘ta yengil vazn toifasining ikkinchi o‘rniga ko‘tarilib oladi.
%20copy%20(4)(1).jpg)
Ma’lumot uchun, 32 yoshli Do‘smatov professional faoliyati davomida 7 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘olib bo‘lgan. Rene Kalisto hisobida esa 23 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang bor. Hasanboy ayni damda o‘ta yengil vaznda IBF reytingida 8, Kalisto esa 7-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Hasanboy Do‘smatov joriy yilning 20 iyul kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan professional boks kechasida filippinlik bokschi Mark Antonio ustidan g‘alaba qozon edi.
Live
Barchasi