Bahodir Jalolov Londondagi jangida g‘alaba qozondi (video)

Sport

−

image

Kecha, 17 oktyabr kuni boks bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov professional ringdagi 18-jangini o‘tkazdi. Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan bahsda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi britaniyalik Solomon Dakresga qarshi jang qilib, g‘alaba qozondi.

10 raundga mo‘ljallangan bahs to‘liq davom etdi. Yakunda hakamlarning barchasi 99:91 hisobini qayd etib, Jalolovning g‘alabasini e’tirof etdi.

Shu tariqa, Bahodir Jalolov professional boksdagi faoliyati davomida 18-jangini ham g‘alaba bilan yakunladi. Uning hisobida 15 ta nokaut mavjud. Solomon Dakres esa professional faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Jalolov so‘nggi bor may oyida ringga ko‘tarilib, xorvatiyalik og‘ir vazn toifasidagi Agron Smakichni yettinchi raundda nokautga uchratgan edi.

Dakres esa professional ringdagi so‘nggi jangini 2025 yil iyul oyida o‘tkazgan. O‘shanda u ukrainalik Vladislav Sirenko ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing