“Arsenal” Liga kubogida törtinçi divizion vakiliga mağlub böldi
Sport
−
10:43 340 1 daqiqa
Londonning “Arsenal” jamoasi Angliya Liga kubogi 1/8 final bosqiçida safarda “Flitvud”ga mağlub böldi. Şu tariqa, “töpçilar” turnir bilan xayrlaşdi.
Uçraşuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. “Flitvud” hujumçisi Aaron Lupalo-Bi 21-daqiqada hisobni oçgan bölsa, “Arsenal”ning şvetsiyalik hujumçisi Viktor Gyokereş 50-daqiqada muvozanatni tikladi.
Penaltilar seriyasida esa “Flitvud” 5:3 hisobida ğalaba qozonib, keyingi bosqiçga yöl oldi.
Ingliz futboli tizimining törtinçi divizionida iştirok etadigan “Flitvud”ning keyingi bosqiçdagi raqibi qur’a orqali aniqlanadi.
Ma’lumot uçun, Angliya Liga kubogi 1960 yildan buyon ötkazib kelinadi. Musobaqada Angliya futbol ligasining yuqori tört divizionida iştirok etadigan klublar qatnaşadi. “Liverpul” 10 marta sovrinni qölga kiritib, musobaqa tarixidagi eng köp çempionlik rekordiga ega.
Live
Barchasi27 Oktyabr