Keyn Angliya terma jamoasida rekord örnatdi
Sport
−
15:37 234 1 daqiqa
“Bavariya” hujumçisi Harri Keyn Angliya milliy terma jamoasi safidagi öyinlar soni böyiça rekord örnatdi. Bu haqda “Squawka” xabar berdi.
Keça, 12 noyabr kuni Millatlar ligasining beşinçi turida Xorvatiyaga qarşi ötkazilgan uçraşuv Garri Keyn uçun Angliya terma jamoasidagi 126-öyin böldi. Şu tariqa u milliy jamoa safida eng köp öyin ötkazgan futbolçiga aylanib, avvalgi rekord egasi – darvozabon Piter Şiltonning natijasidan özib ketdi.
Keyn uşbu tarixiy voqeaga bağişlangan maxsus futbolkada maydonga tuşdi. Angliya terma jamoasi safida eng köp öyin ötkazgan futbolçilar orasida Keyn va Şiltondan keyin Ueyn Runi (120 ta), Devid Bekxem (115 ta) hamda Stiven Jerrard (114 ta) bor.
Keyn milliy jamoaning bir qator boşqa rekordlariga ham ega. U Angliya terma jamoasi tarixida eng köp gol urgan futbolçi hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq, 33 yoşli futbolçi “Bavariya” bilan şartnomasini 2029 yilga qadar uzaytirgan edi. Yangi kelişuvga köra, Keyn soliqlar çegirilmasidan avval yiliga kamida 25 million yevro maoş oladi.
Live
Barchasi