Hasanboy Do‘smatov navbatdagi janggida g‘alaba qozondi

Sport

image

Kecha, 20 iyul kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan professional boks kechasida o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov filippinlik bokschi Mark Antonio ustidan g‘alaba qozondi.

8 raund davom etgan to‘liq bellashuvda Do‘smatov faol va aniq zarbalar bilan ustunlikni qo‘lga kiritdi. Barcha hakamlar bir ovozdan g‘alabani o‘zbekistonlik bokschi foydasiga baholadi.

Shu tariqa, 32 yoshli Hasanboy Do‘smatov professional ringdagi 7-jangida 7-g‘alabasini qayd etdi.

U so‘nggi jangini 2023 yil noyabrda Rossiya Federatsiyasida Janubiy Afrika Respublikasi vakili Sipxamandla Balega qarshi o‘tkazgan va ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongandi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Mark Antonio professional faoliyatidagi 15-jangida maydonga chiqdi. Uning hisobida hozirda 11 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Bishkek Hasanboy Do'smatov Mark Antonio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing