Shakira Qirg‘izistonda konsert beradi
Musiqa
−
12:15 1151 1 daqiqa
Kolumbiyalik mashhur xonanda Shakira yaqin vaqtlarda Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda konsert beradi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti ishlar boshqarmasi rahbari Kanibek Tumanbayev ma’lum qildi.
Tumanbayev ijtimoiy tarmoqda Shakiraning videosini joylashtirib, “Tez orada “Bishkek Arena”da! Kutyapsizmi?” degan yozuv qoldirgan. Hozircha xonandaning Bishkekdagi chiqishi sanasi va konsertning boshqa tafsilotlari rasman e’lon qilinmagan.
Yangi “Bishkek Arena” 51 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Avvalroq ushbu majmuada VI Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan va unda amerikalik xonanda Nikol Sherzinger ishtirok etgandi.
Ma’lumot uchun, Shakira futbol olami bilan ham yaqin bog‘liq. U “Barselona” va Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jerar Pike bilan uzoq yillik munosabatda bo‘lgan. Juftlik 2011 yilda munosabatlarini ommaga oshkor qilgan va ikki nafar farzandli.
Kolumbiyalik xonanda 2010 yilgi Jahon chempionatining rasmiy qo‘shig‘iga aylangan “Waka Waka (This Time for Africa)” taronasi bilan ham futbol muxlislariga yaxshi tanish.
Eslatib o‘tamiz, Shakira joriy yil bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida finalida ham chiqish qilgandi.
Live
Barchasi