Har qanday duelga tayyorman – Usik 

Sport

image

Professional boksning superog‘ir vazn toifasida WVA, WVO va IBF yo‘nalishlari chempioni Aleksandr Usik sobiq chempion Entoni Joshuaga qarshi revansh va ehtimoliy mutlaq Jahon chempionlik jangi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Joshuani mag‘lub etganimdan keyin hayotim o‘zgardi, biroq prinsiplarim o‘zgargani yo‘q. Men hali ham o‘z standartlarim bo‘yicha yashayman. Men yanada taniqli bo‘ldim, Yevropaning bir qancha davlatlariga tashrif buyurdim. Endi men bilan ko‘proq odamlar qiziqmoqda. Joshua bilan jang oldidan ruhiy jihatdan yaxshi holatda edim, hozir ham shunday. Men har doim nimaga intilayotganimni bilardim va to‘g‘ri manzil tomon yurdim, deb o‘ylayman”, deydi Usik. 

Shuningdek, “mushuk” superog‘ir vazn toifasida barcha kamarlarni qo‘lga kiritsa, har qanday raqibga qarshi jang qilishi mumkinligini ta’kidladi:

“Agar og‘ir vazn toifasida barcha kamarlarni yutsam, juda katta bayonot beraman. Joshua revansh jangiga tayyormi, deb xavotirlanmayman. Aleksandr Usik har qanday duelga tayyor”.
 
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 sentyabr kuni Aleksandr Usik britaniyalik Entoni Joshuani mag‘lub etgan va super og‘ir vazn toifasida WVA (Super), IBF, WBO va IBO chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan edi.

Shundan so‘ng, Joshua ehtimoliy revansh bo‘yicha shartnoma bandini faollashtirdi va chempionlik kamarlarini qaytarib olmoqchi edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Joshua – Usik revansh jangi 2022 yilning fevral-mart oylarida bo‘lib o‘tadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Entoni Joshua IBF Aleksandr Usik Prof boks Usik WBO WVA (Super) IBO

Baholaganlar

16

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing