Haftar qo‘shinlari Tripoliga yangi hujum boshladi
Olam
−
14 iyul 2019
5192Marshal Xalifa Haftar qo‘mondonligidagi Liviya milliy armiyasi (LMA) Trpioliga navbatdagi hujumni boshladi. Ular ash-Shahoda maydonini nazoratga olishni reja qilgan. Bu haqda LMAning 73-old brigadasi komandiri Solih Buxalika ma’lum qildi.
“Liviya milliy armiyasi yangi bosqichni boshlayapti, biz muqaddas SHAyhidlar maydoni ostonasidamiz, dushman mag‘lub bo‘lib, jang maydonidan chekinyapti”, degan Buxalika.
Eslatib o‘tamiz, Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Haftar joriy yilning 4 aprel Liviya poytaxti Tripoliga hujumga o‘tishga buyruq berdi. Liviya Milliy birdamlik hukumatining harbiy kuchlari LMAga javoban “G‘azab vulqoni” operatsiyasini boshladi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, Tripolidagi janglar oqibatida 1050 nafar odam halok bo‘lgan, 5,5 mingdan ortig‘i jarohatlangan.
Liviyadagi vaziyat
2011 yilda Liviyada Muammar Qazzofi hokimiyati ag‘darilib, o‘zi o‘ldirilgach mamlkatda siyosiy inqiroz boshlangan. Liviyada hozirgacha qo‘shhokimiyatchilik hukm suradi.
Sharqda saylangan parlament hokimiyati o‘rnatilgan bo‘lsa, Tripoli va g‘arbni BMT va Yevropa Ittifoqi ko‘magida shakllantirilgan Faiz Sarroj boshliq Milliy birdamlik hukumati boshqaradi.
Sharqdagi hukmron doiralar rasmiy Tripolidan mustaqil va LMA qo‘mondoni Haftar bilan hamkorlik qiladi. Xalifa Haftar jangarilar bilan eng uzoq davom etgan urushga boshchilik qilyapti.
BMT 2019 yil bahorida Liviyada umumiy saylov o‘tkazishni taklif qilyapti. Saylov orqali qonuniy va barcha tan oladigan hokiyat organlarini shakllantirish maqsad qilingan.
LiveBarchasi