Liviyada qurolli guruhlar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi

Olam

image

Liviya poytaxti Tripolida qurolli guruhlar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘ldi. Shahar chekkasida, jumladan, Ayn Zarda otishma va portlash ovozlari eshitildi. Bu haqda “Al-Marsad” gazetasi xabar berdi. 

To‘qnashuv Liviya milliy birlik hukumatiga bo‘ysunuvchi 444-brigada va “To‘xtatuvchi kuch” (RADA) o‘rtasida sodir bo‘lgan. Liviya matbuotiga ko‘ra, 14 avgust kuni RADA harbiylari Tripolidagi Mitiga aeroportida 444-brigada qo‘mondoni Mahmud Hamzani qo‘lga olgan.

Shundan so‘ng Tripolining janubiy chekkasida to‘qnashuvlar boshlangan. Oqibatda 27 kishi halok bo‘lgan va 160 kishi jarohat olgan. Liviya milliy birlik hukumati to‘qnashuvlar yuz bergan hududlarda favqulodda holat e’lon qilgan va Tripolining janubiy chekkasiga zirhli texnika va og‘ir artilleriya jo‘natgan. Liviya parlamenti “noaniq sharoitda o‘g‘irlab ketilgan” askarni zudlik bilan ozod qilishni talab qilgan. Kecha, 15 avgust kuni Milliy birlik hukumati (MBH) Mahmud Hamzani neytral tomonga o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar Liviyada bir-birini tan olmaydigan ikkita hukumat mavjud – BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan, Abdulhamid Dbeyba boshchiligidagi Milliy birlik hukumati va ikkinchisi, Uman Hamad boshchiligidagi Vakillar palatasi tomonidan tuzilgan vazirlar mahkamasi. Liviya 2011 yilda Muammar Kaddafiy o‘ldirilganidan buyon birlashgan davlat sifatida faoliyatini to‘xtatgan. BMT tomonidan Jeneva kelishuvlaridan keyin belgilangan o‘tish davri o‘tgan yilning 22 iyunida tugadi, uning oxiriga qadar Liviyada saylangan prezident va parlament paydo bo‘lishi kerak edi. Biroq 2021 yilning dekabriga belgilangan saylovlar zarur konstitutsiyaviy asos yo‘qligi sababli bekor qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Liviya Tripoli qurolli to'qnashuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing