OAV: Rossiya Liviyaga 400 nafar suriyalik yollanma askar yubordi

Olam

image
Sarroj iste’focini e’lon qildi north_east

Sarroj iste’focini e’lon qildi

Suriyadagi “Shabbixa” harbiy tuzilmasining 400 nafar a’zosi mamlakat shimoli-sharqidagi Qamishli tumanida harbiy tayyorgarlikdan o‘tib, yollanma askar sifatida Liviya sharqiga yuborilgan. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, rossiyalik harbiylar  Liviyada Xalifa Haftar uchun kurashishi uchun shunday yollanma askarlar otryadini tayyorlayapti.

Shu orqali rasmiy Moskva Liviyadagi vaziyatni o‘zgartirmoqchi ekani ta’kidlanyapti. So‘nggi vaqtlarda Haftar Hukumat kuchlaridan qattiq zarbalar olib kelayotgandi.

Nashrning Suriyadagi mahalliy manbaga asoslanib yozishicha, yuzlab yollanma askarlar kuni kecha Qamishlidan Rossiya aviabazasi “Xmeymim” joylashgan Latakiya pviloyatiga jo‘natilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Suriyada ko‘plab harbiy jinoyatlarga aloqador “Shabbixa” guruhini BAAS partiyasining yetakchilaridan biri Salim al-Xellush muvofiqlashtirib boradi.

Rossiyalik harbiylar har bir suriyalik yollanma askarga oyiga 1500-2000 dollar taklif qilyapti.

“Anadolu” Liviya sharqiga Rossiya yuborgan suriyalik yollanma jangchilar besh ming nafardan oshganini aytmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Liviyada qo‘shhokimiyatchilik davom etyapti. Mamlakat g‘arbida BMT tan olgan Milliy birdamlik hukumati boshqaruvni amalga oshirsa, g‘arbda Parlament boshqaruvi o‘rnatilgan. Parlament MBHga qarshi kurashayotgan Xalifa Haftar bilan hamkorlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Liviya Rossiya-Turkiya Xalifa Haftar

Baholaganlar

230

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing