Sarroj iste’focini e’lon qildi

Olam

image

Liviyada BMT tomonidan tan olingan Milliy birdamlik hukumati rahbari Faiz Sarroj shu yilning oktyabr oyi oxirida o‘z lavozimidan ketishga tayyorligini e’lon qildi. 

Liviyadagi davlat televideniyesi orqali fuqarolarga murojaatida Sarroj o‘z vakolatlarini oktyabr oyidan kechiktirmay topshirishni “chin dildan xohlashini” ta’kidladi. 

U oktyabr oyiga qadar Muloqot qo‘mitasi o‘z ishini yakunlashiga, yangi Prezident kengashi saylanishiga va yangi Bosh vazir nomzodi e’lon qilinishiga umid bildirdi. 

6-10 sentyabr kunlari Marokashning Buznika shahrida bo‘lib o‘tgan "Liviya suhbati" doirasidagi uchrashuvlar natijalariga to‘xtalar ekan, Milliy birdamlik hukumati rahbari BMT homiyligidagi siyosiy jarayonlarni yuqori baholagan. 

“Biz ushbu muzokaralar yanada kengroq kelishuv uchun asos bo‘ladi deb umid qilamiz. So‘nggi muzokaralar davlat tuzilmalarini birlashtirish, parlament va prezident saylovlarini o‘tkazishga qaratilgan edi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlar Liviyada keng ko‘lamli kelishuv uchun eng yaxshi yo‘ldir. Ammo, men boshqa tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorman ”, deydi Milliy birdamlik hukumati rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Faiz Sarroj Milliy birdamlik hukumati

Baholaganlar

72

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing