Haftar Liviyada hokimiyat armiya qo‘liga o‘tganini e’lon qildi

Olam

image

Kecha, 7 aprel kuni Liviya milliy armiyasi (LMA) qo‘mondoni Xalifa Haftar mamlakatda boshqaruv armiya qo‘liga o‘tganini e’lon qildi. Qo‘mondonning telemurojaatini LMA media-ofisi tarqatdi.

23 aprel kuni Xalifa Haftar mamlakat fuqarolarini 2015 yilda Sxirat shahrida tuzilgan siyosiy kelishuvni rad qilishga chaqirdi. Kelishuv natijasida Liviyada Milliy birdamlik hukumati (MBH) tuzilgan.

“Liviyaliklar, siyosiy kelishuvni to‘xtatish to‘g‘risidagi, shuningdek, bu bosqichda kimni ko‘proq boshqaruvga loyiq deb hisoblashingiz haqidagi chaqiruvimizga javob bering”, degan Haftar va liviyaliklar bu tarixiy vazifaga bosh qo‘mondonlikni loyiq ko‘rishganini qo‘shimcha qilgan.

MBH 2015 yilda Marokashning Sxirat shahrida Liviyadagi kurashuvchi tomonlar o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar yakunida imzolangan Sxirat kelishuvi natijasida tuzilgandi. Hujjat mamlakatdagi mojaroni siyosiy yo‘llar bilan hal qilish uchun asos bo‘lishi kerak edi. Ammo tashqi kafillar (Tunis, Italiya, Jazoir) va BMT maxsus vakilining urinishlariga qaramay undagi qarorlar hayotga tatbiq etilmay qoldi.

Liviya sharqidagi parlament rahbari Oqila Solih Isa al-Ubaydi mamlakatda siyosiy barqarorlik o‘rnatish bo‘yicha yangi tashabbusni ilgari surdi. Solih bir necha banddan iborat va Prezident kengashini tuzishni ko‘zda tutuvchi yo‘l xaritasini taklif qildi.

Ma’lumot uchun, 2011 yilda Muammar Qazzofi o‘ldirilganidan keyin Liviya yagona davlat bo‘lmay qoldi. Hozir ham mamlakatda qo‘shhokimiyatchilik mavjud. Sharqda parlament boshqaruvi, poytaxt Tripolida BMT va Yevropa Ittifoqi ko‘magida shakllantirilgan Fazi Sarroj boshchiligidagi Milliy birdamlik hukumati boshqaruvni amalga oshiradi.

Mamlakat sharqidagi hokimiyat vakillari Tripolidan mustaqil faoliyat olib boradi va Xalifa Haftar bilan hamkorlik qiladi. Xalifa Haftar 2019 yil aprel oyidan beri Tripolini egallashga harakat qilyapti.

Bugungacha Liviyada urush harakatini to‘xtatish uchun harakat qilindi. Xususan, Rossiya va Turkiya Sarroj va Haftarni muzokaralar stoliga olib keldi. Biroq LMA qo‘mondoni yakuniy bitimni imzolashdan bosh tortdi.


Maqola muallifi

Teglar

Liviya Xalifa Haftar Faiz Sarroj

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing