OAV: Sarroj Liviyani butunlay tark etdi
Olam
−
15 fevral 2021
4794Liviya Milliy kelishuv hukumati rahbari Faiz Sarroj mamlakatni tark etdi. Bu haqda "Al Arabia"ga asoslanib xabar berilgan.
Bir necha manbalar u endi Liviyaga qaytmasligini ta’kidlamoqda.
Bu Sarrojning Bosh vazir o‘rinbosari Ahmed Maytigga 2021 yil 14 fevraldan boshlab o‘z vakolatlarini topshirgani bilan ham izohlangan.
Liviyalik siyosiy tahlilchi Abdel Hakim Maatukning fikriga ko‘ra, Sarroj butun iqtisodiyotni yoqib yuborgani, yollanma va takfiriylarni jalb qilgani va Liviya pullarini talon-toroj qilganidan keyin Britaniya va Turkiya o‘rtasida yashashni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Faiz Sarroj 2020 yilning oktyabr oyi oxirida o‘z lavozimidan ketishga tayyorligini e’lon qilgandi.
LiveBarchasi